§ 4. Saylov jarayoni va unda ishtirok etuvchi sub'ektlar va saylovlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayoni har qanday mamlakatlardagi kabi bir-birini to‘ldirib va almashtirib boruvchi bir qancha bosqichlardan iborat. Bunda saylov jarayonining bosqichlari deganda, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan davrlar tushuniladi. Ular doirasida qonunlarda ko‘zda tutilgan saylov harakatlari, shuningdek saylovchilar va saylovning boshqa ishtirokchilarini huquqlari amalga oshirilishini ta'minlovchi saylov tartib-taomillari amalga oshirilib boriladi.
Odatda, har qanday saylov jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Saylov jarayoni sub'ekti quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolar. Fuqarolar saylovlar jarayonini deyarli barcha bosqichlarida ishtirok etadi. Ular saylov jarayonida bevosita o‘zlari yoki tegishli tuzilmalar, organlar faoliyati orqali ishtirok etadi.
Ommaviy axborot vositasida, turli davlat organlarida ishtirok etishi esa fuqarolarning saylov jarayonida bilvosita ishtirokini ko‘rsatadi.
2. Saylov komissiyalari. Vakillik organlariga saylov, Prezidentlikka saylov jarayonida saylov komissiyalari aloxida rol o‘ynaydi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Prezidentlikka saylovda Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuzilsa, xalq deputatlari Kengashlariga saylovda tegishli Kengashga (viloyatga, shaharga, tumanga) saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlaydigan Markaziy muassasa bo‘lib, Oliy Majlis tomonidan tuziladi. Raisi Prezident taqdimiga binoan a'zolari tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, okrug va uchastka saylov komissiyalarini faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalar faoliyati “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinadi.