B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Ижтимо
ий соҳа 
Sog'liqn
i saqlash 
Ta'lim 
Uy-joy 
komuna

xizmati 
Madaniy
at
Sport 
Turiz

Pensiya 
ta'minoti 
Ijtimoiy 
sug'urta 
Ijtimoiy 
xizmat 
Ijtimoiy 
yordam 


136 
ajralmas huquqi sifatida e'tirof etilgan. Ijtimoiy soha hozirgi davr iqtisodiyotining 
salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi boshiga kelib jahonning 
rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0–45,0 %i ijtimoiy soha 
ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda. 
Ijtimoiy soha tarmoqlarining asosiy xususiyati ularning aksariyati (uy-joy-
kommunal xo'jaligini istisno etgan holda) notijorat muassasalar ekanligidir. 
Ma'lumki, tijorat tashkilotlarining faoliyati foyda olishga qaratilgan. Ular o'z 
faoliyatlarining yo'nalishini mustaqil belgilaydilar, ishlab chiqarilayotgan tovar va 
ko'rsatilayotgan xizmat turlari va shakllarini o'zgartirish huquqiga egalar, 
shuningdek, olingan foydani ta'sischilar (mulk egalari) o'rtasida taqsimlaydilar. 
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida (Avstraliya, Avstriya, AQSh, 
Belьgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, 
Italiya, Kanada, Norvegiya, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va 
Yaponiya davlatlari bo'yicha) ijtimoiy maqsadlarga o'rtacha davlat xarajatlari 
(yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan % hisobida) OECD Social Expenditures 
Database 1960-2012. – Paris: OECD, 2018. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining maqsadi foyda olishga mo'ljallangan 
bo'lmaydi. Ularning maqomi foyda olingan taqdirda ham buni ta'sischilar o'rtasida 
tasimlashni man etadi. Foyda faqat muassasani rivojlantirish maqsadlariga 
sarflanishi mumkin. Butun iqtisodiyot, shu jumladan ijtimoiy soha ham tashkil 
etish iqtisodiy shakllariga ko'ra uch sektorga tasniflanadi (11.5-rasm): 
1. Birinchi sektor – u davlat (munitsipial) mulkiga ega bo'lgan korxona, 
tashkilot va muassasalarni qamrab oladi. 
2. Ikkinchi sektor – mazkur toifaga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish 
bo'lgan tijorat korxona, tashkilot va muassasalari kiradi. Ular aktsiyadorlik 
jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, korxona, tashkilot va muassasalar 
sifatida tashkil etilgan bo'lishi mumkin. Tabiiyki, ularning mulki ham davlatniki 
emas, balki aktsiyadorlarga, paychilarga tegishlidir. 
3. Uchinchi sektorga notijorat tashkilot va muassasalar kiradi. Ular ham 
foyda olishni ko'zlamaydi. Bu toifaga nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg'armalar 
kiradi. 
Ijtimoiy soha tarmoqlari shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi o'z tarixiga ega. 
Azal-azaldan bilim berish, nogironlar, nochor shaxslar, yetimlarga yordam 
ko'rsatish faqat oilalar, qabilalarnigina emas, shuningdek, davlat va diniy 
tashkilotlarning ham zimmasida bo'lgan. Davlat tomonidan ta'lim muassasalari, 
harbiylar va keksa kishilar uchun kasalxonalar ochilgan. Diniy tashkilotlar ham o'z 
mablag'lari hisobiga cherkov maktablari va madrasalar, nogironlar, yetimlar uchun 
kasalxonalar tashkil etgan. 
Аktsiyadorlik tashki-lotlari, 
Nodavlat notijorat 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin