40
4.5-chizma.
O‟zbekistonda
mulkni
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi
mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri
keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir
milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i
fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab
berilgan
ikkinchi bosqich
1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab
o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi, hamda ularning
aktsiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat
mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda
kichik xususiy biznes
korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va
xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini
vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish
amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi
muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan
keladigan
samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan
mablag‘larini o‘ziga
jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi
tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu
yerda shuni ta‘kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning
davlatga qarashli
bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek,
turli xil
41
kooperativlar, shirkatlar, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik
va o‘rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab
mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
Dostları ilə paylaş: