B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
qilishga yo`naltirilgan siyosatdir. 
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik 


154 
yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A. Karimovning ―O`zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida‖ kitobida to`liq bayon qilib berilgan. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish 
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi 
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib 
borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib
daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, 
jamg`arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir 
vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar 
nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta'rif setkasi katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini 
tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog`lash 
imkonini berdi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste'mol bozorini 
himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy 
turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi 
mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj 
to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me'yorlangan tarzda sotishni tashkil 
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan 
oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin 
narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi. 
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning 
uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash 
va qo`llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu 
yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, 
nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda 
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib 
borildi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish – ijtimoiy siyosatni 
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi 
bosqich boshlashini bildiradi. 
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya 
qilishga asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan 
ta'minlash manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy 
himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zda tutadi. 
Yordam tizimi faqat kam ta'minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 
nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat 
jamoalari, turli tashkilot hamda jamg`armalarning mablag`laridan ham 
foydalaniladi. 


155 
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 
yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma 
nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. Bu tizimda kam 
daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali etkaziladi. Shu 
maqsadda mahallalarda byudjet mablag`lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik 
tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag`lari hisobidan 
maxsus jamg`armalar hosil qilindi. 
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag`batlantiradigan omillar 
va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi. 
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-
quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini 
ta'minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga 
harakat qiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin