B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/110
tarix13.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#84072
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo‘lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda 
samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish 
hajmi ko‘payadi, tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlari kamayib 
boradi. 
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopo-
listik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo‘yidagi monopoliya 
shakllarini kiritish mumkin: 
Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, 
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar – 
patentlar orqali amalga oshiriladi. 
Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, 
subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar 
orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori 
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat, 
qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko‘p 
bo‘lsa, kapital shu tarmoqda ko‘chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu 
tarmoq mahsulotlariga talab ko‘payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda 
olishiga intilishini ta‗minlaydi.
Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va 
haqozo. 
Sun„iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarining shartli nomi. Sun‗iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, 
konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, 
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy 
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‗ni maxsulot 
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, 
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.q. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik birlashma 
ishtirokchilarning o‘zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 


176 
mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.Trest – 
ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni 
ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda 
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). 
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z ichiga 
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir
Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar 
bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va 
mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi 
mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida 
savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin