Nomukammal bozor natijalari resurslarni qayta taqimlash yoki rag'batlantirih
tarkibini o'zgartirih orqali tuzatiladi. Bozor etishmovchiligi nima ekanligini va nima
uchun u davom etayotganini aniq aniqlamasdan turib, bozorda muvaffaqiyatsizliklar
uchun echimni aniqlash mumkin emas.
Raqobatning keng, mukammal ta'rifidan
foydalanib, raqobatdosh tadbirkorlar va
iste'molchilarga vaqt o'tishi bilan bozorni muvozanat tomon yo'naltirishga imkon
berish orqali bozordagi nosozliklar tuzatiladi. Bozorlar doimo mutanosiblikka
intilishadi, unga hech qachon erishib bo'lmaydi. Buning sababi, inson bilimlari
cheklanganligi va real sharoit o'zgarishi .
Ba'zi bir iqtisodchilar va siyosatshunoslar bozorda yuzaga kelgan tanazzulni
qoplash uchun mumkin bo'lgan aralashuvlar va tartibga solishni taklif qilmoqdalar.
Tariflar,
subsidiyalar, qayta taqsimlanadigan yoki jazo solig'i, oshkor qilish
vakolatlari, savdo cheklovlari, narxlar va shiftlar va boshqa ko'plab bozor
buzilishlari samarasiz natijalarni tuzatish asosida oqlandi .
Boshqa iqtisodchilarning ta'kidlashicha, bozorlar tan olinmagan, ammo
bozordagi muvaffaqiyatsizliklar noto'g'ri tuzilgan. Bozorlar biron bir idealga
(mukammal raqobat) nisbatan muvaffaqiyatsiz bo'ladimi-yo'qligini so'rashning
o'rniga,
savol shuki, bozorlar odamlar taklif qilishi mumkin bo'lgan har qanday
boshqa jarayonlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi .
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga
kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada
davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan.
Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik
foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi
milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas .
Bozor iqtisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar:
bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy
infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va
x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;
atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish
xavfi;
ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig
o`sishi;
resurslarni adolatsiz taqsimlanishi xavfi;
- iqtisodiyotning
beйaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va
x.k .
Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning
samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan
shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi
kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas.
«Iqtisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va xukumat
zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak
chalish bilan barobardir»
*
Ilg’or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning
aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy
xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi .
Davlatning iqtisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir.Davlatning asosiy iqtisodiy
funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xuquqiy baza
va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya qilish .
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida
resurslarni qayta
taqsimlash;
4. atrof muxitni himoya kilish;
5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6. iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya`ni, iqtisodiy kon`yukturaning
o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini
nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish .
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos
bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga
oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni
tartibga soluvchi
konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat
kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib
o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit
yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro
imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo
kelishuvlar orkali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: