B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.O’zbekiston 
Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z 


mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish 
huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-
mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.Xususiy mulk ham, 
boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. 
U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik 
munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u 
xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini 
tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni 
tartibga solishning Moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo 
qiladi. Lekin, xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan 
umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida 
mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, 
oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.Turli shakldagi 
mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida 
olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi . 
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan 
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli 
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni 
vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat 
qiladi» deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz 
iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq 
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki, deb hisoblangan 
mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga 
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga 
olib keldi.Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat 
korxonalarini 
va 
tashkilotlarini 
jamoa, 
ijara 
korxonalariga,aktsiyadorlik jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga
davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga 
aylantirishdir.Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan 
yuridik 
shaxslarning 
davlat 
mulki 
ob’ektlarini 
yoki 
davlat 
aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.Bundan 
ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda 
ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining 
davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin