Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash siyosati Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish



Yüklə 19,11 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü19,11 Kb.
#117287
Davlatning iqtisodiyot


Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash siyosati Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish


Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash siyosati
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarini kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
Yüklə 19,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin