B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

13.2. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari. 
 
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan 
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma’lum 
to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zamrligi 
bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki 
bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi.Iqtisodiy 
raqobatga bardoshh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar 
ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va tariflarni 
kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish 
hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng 
foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy 
faoliyatikundalik va strategik maqsadlarga muvofik uning tashqi iqtisodiy siyosatiga 
asoslangan. 
Mamlakatning 
tashqi 
iqtisodiy 
siyosati 
deganda, 
boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga 
qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirda 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish siyosatida ikki yo'nalish o'zaro bog‘langan: 
1) erkinlashtirish; 
2) proteksionizm. 
Ichki 
bozomi 
xorijiy 
raqobatdan 
himoyalashga 
qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. 
Erkinlashtirish davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy lo‘siqlarni 
kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. Erkinlashtirish va proteksionizm 
siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi 


savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda 
amalga oshirilayapti: 
- aloliida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda; 
- yagona bojxona ittiloqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida; 
- tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha 
BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi 
(EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi 
iqtisodiy siyosat - bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi 
iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan 
chora-tadbiriar yig‘indisidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga 
ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. 
Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo 
siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati,bojxona siyosati kiradi. 
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, 
axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni 
qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo 
siyosatini tashkil etadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin