egallay boshlaydi;
- kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;
- tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot
lhakliga ega;
- eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish
qila boshlaydi;
- o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.
Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik - «MEN» tizimining
paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga
ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN»
tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq
kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqiniTivojlantirishga doir
mashg‘ulotlami didaktik o‘yinlar, ermak o'yinlar, tahna ko‘rinishlari
shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga,
balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
Xulosa: Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan
dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir - chunki bolaning onasi
O'miga boshqa notanish kattalaming paydo bo‘lishi, u o‘rganib qol-
gan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda
salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun or-
ganizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib
qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi,
tozalik ko'nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechin-
malar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik,
o'zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatila-
di. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar
3-6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham
cho‘zilishi mumkin.