Reja: Eukariot va prokariot organizmlar



Yüklə 247,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix16.12.2023
ölçüsü247,23 Kb.
#182007
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mikroorganizmlar asosida pestitsidlar ishlab chiqarish



Mikroorganizmlar asosida pestitsidlar ishlab 
chiqarish
 
REJA: 
1. Eukariot va prokariot organizmlar. 
2. Bakteriyalarning shakllari va katta-kichikligi. 
3. Bakteriya xujayrasining tuzilishi. 
4. Kapsula, xivchin, fimbriy va pililarning tuzilishi, funksiyasi. 
5. Xulosa 
6. Foydalanilgan adabiyotlar 


Mikroorganizmlarning kupchiligi bir xujayralidir. Bakteriya xujayrasi tashki 
muxitdan xujayra psti, ba'zan esa fakat sitoplazmatik membrana bilan ajralib 
turadi. Xujayra ichida xar xil strukturalar mavjud. Xujayra tuzilishiga karab 
organizmlarning ikki tipii mavjud. Bular eukariot va prokariot xujayrali 
organizmlar. Agar mikroorganizm xakikiy (chin) yadroga ega bulsa unday 
xujayralarga eukariot xujayralar deyiladi. (Grekcha eu – xakikiy, chin, kario – 
yadro demakdir). 
YAdro apparati sodda (diffuz xoldagi yadroga ega) bulgan mikroorganizmlar 
prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburuglar, suvutlari, sodda xayvonlar – 
protistlar 
kirsa, 
prokariotlarga 
bakteriyalar 
va 
kuk-yashil 
suvutlari 
(sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik xujayrada yadro va unda 1-2 yadrocha, 
xromasomalar (DNK, oksil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi 
organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjuddir. Ribosomalari esa 
80S ni tashkil kiladi. 
Prokariot xujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida anik chegara yuk: yadro 
membranasi bulmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun 
prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va 
xloroplastlarga ega emas. 
Bakteriyalarning shakllari. 
Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr yoki egilgan shaklda buladi. SHarsimon 
shaklli bakteriyalar kokkilar (kokkus lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, 
ellipssimon, nuxotsimon va boshka kurinishlarga ega buladi. Bakteriya 
xujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga karab, xar xil nomlanadi. 
SHarsimon bakteriyalar xujayrasi bulinib, ayrim joylashsa ular monokokklar, 
xujayra bulinishi natijasida xar xil uzum boshi kabi tuplamlar xosil kilsa, ular 
stafilokokklar deyiladi. Bulingandan sung ikkitadan bulib joylashadiganlarini — 
diplokokklar, bulinishi natijasida uzun zanjir xosil kilsa streptokokklar, turttadan 
bulib joylashsa — tetrakokklar, kub shaklida joylashsa — sarsinalar deb ataladi. 
Bakteriyalarning kupchiligi silindr yoki tayokchasimon shaklga ega buladi. 


Tayokchasimon bakteriyalar uzunligi, katta - kichikligi, kundalang kesimi, xujayra 
uchini kurinishi, xujayralarining uzaro joylanishlari bilan farklanadilar. Xujayralar 
uchlari tugri, oval, buralgan yoki utkirlashgan bulishi mumkin. Bakteriyalar 
kayrilgan, ipsimon, shoxlangan xam bulishlari mumkin: Bakteriyalar ayrim, yakka-
yakka, tayokchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora xosil kiluvchilari 
bulsa diplobatsillar, zanjir xosil kiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobatsilla) 
deyiladi. 
Ba'zan buralgan yoki spiralsimon kurinishga egalari xam uchraydi, ular spirillalar 
deyiladi (spira — lotincha buralgan). Spirillalarni burilishga ega buladigan kalta 
egilganlari vibrionlar (vibrio suzi lotincha kayrilaman) deb ataladi. 
Bakteriyalarning ipsimon shaklliklari, kup xujayralilari xam bulib, xujayraning 
tashki tomoni xar xil usimtalar xosil kiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, 
ochik yoki yopik xalka, chuvalchangsimon va boshka shakllilari xam uchraydi. 
Bakteriyalar ulchami kichik bulganligi uchun ular mikrometrlarda, nozik 
strukturalari esa nanometrlar bilan ulchanadi. Kokkilarni razmerlari 0.5-1.5 mkm 
ni tashkil etadi. Tayokchasimonlarini eni 0.5–1 mkm, uzunligi esa bir necha 
mikrometr (2 - 10) bulishi mumkin. Mayda tayokchalarni kattaligi 0.22-0.4 x 0.7-
1.5 mkm buladi. Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga уetadiganlari xam 
buladi. Agar bakteriya xujayrasini kattik ozika muxitiga ekilsa bir necha soatdan 
sung ular kupayib oddiy kuz bilan kurish mumkin bulgan koloniya xosil kiladi. 
Koloniyalar kurinishi, rangi va boshka xususiyatlari bakteriya turiga boglik, xamda 
xar bir bakteriya turi uchun uziga xos — spetsifik buladi.

Yüklə 247,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin