Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoq-
laringiz ko‘rinadimi?
Bolalar. Yo‘q.
Tarbiyachi. Stolning yuzasi taxtadan qilingan, shuning uchun un-
dan qaraganimizda oyoqlarimiz ko‘rinmaydi, deb tushuntiradi.
Shundan keyin tarbiyachi yana bolalaming diqqatini shishali
buyumlarga yo‘naltiradi va uni siqib ko‘rishni aytadi. Bolalardan:
shisha buyum qattiqmi, yumshoqmi? deb so‘raydi. Bolalar, qattiq,
deb javob berishadi.
Buyumning qattiq ekanligini bilish uchun nima qilish kerak?
deydi tarbiyachi. Uni siqib ko‘rish kerak, deb bolalar harakat bilan
ko‘rsatishadi. Tarbiyachi bolalaming javoblarini tasdiqlab: «To‘g‘ri,
uni siqib ko‘rish kerab> deb harakatning nomini (siqib ko‘rish kerak)
takrorlatadi».
Mashg‘ulotning uchinchi qismi tevarak-atrofdagi narsalardfe n yan
gi sifatlami ajratishni mashq qilishga bag‘ishlanadi. Tarbiyachi bo
lalarga tevarak-atrofga qarab tiniq buyumlami (narsalami) to')ishni,
topgach, uning nomini aytishni va quyidagi savolga javob berishni
aytadi. «Buyum tiniq ekanligini qanday bilib olding? Xuddi shu tariqa
tiniq bo‘lmagan buyumni topishni aytib, uni qanday topganligini qan
day bilib olganligini so‘raydi.
Xulosa: Muloqot ikki shaklda - erkin va maxsus tayyorlangan mashg‘ulotlarda
amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladi-
gan muloqot erkin muloqot bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilsa-da, bola
nutqining ifodali bo‘lishiga yordam beradi, ularda jumlalami grammatik
jihatdan to‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bo‘lishiga, so‘z zaxirasi-
ning boyishiga olib keladi. Shu bilan nutqmalakasining o‘zlashtirilishiga
zamin bo‘ladi. Bolalar ko‘proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-
atrofni kuzatib, tarbiyachi va do‘stlari bilan so‘zlashadi, uyda esa oila
a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi.