Babayeva d. R


latadigan  so‘zlar; - hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlami  anglatadigan



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

latadigan 
so‘zlar;
- hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlami 
anglatadigan 
so‘zlar;
- hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlami an­
glatadigan so‘zlar;
- jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so'zlar;
- inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari 
va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;
- buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar 
va 
hokazolami anglatuvchi so‘zlar;
- pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, 
qcdriyat) kabilar bilan bog‘liq so‘zlar;
- ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi
bolalar 
ayrim so‘zlami o‘rganish bilan bir qatorda, iboralami (os- 
monda 
yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari 
ularning 
bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar 
ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlanti­
rish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
- tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
- badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
- savod o‘rgatishda;
- o'yin faoliyatida;
- ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlaming bajarilishida.
Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar
metodik 
jihatdan muhim g ‘oyani ilgari suradilar: «Bolani 
nutqqa 
o‘rgatish, - deb yozadi ular, - unga til materiyasini (nutq 
organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik 
belgilar 
(intellektni mashq qildirish) m a’nosini tushunishni 
osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros
31


va tuyg‘ularni mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalash- 
ni o ‘rgatish, adabiyot m e’yorlarini eslashni osonlashtirishga 
k o ‘mak berish demakdir».
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan ke- 
lishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma muallif- 
lari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralami 
qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mum- 
kinligiga kam e’ibor qaratadilar.
Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bo- 
lalaming bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmas- 
ligi mumkindir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona 
tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlami tahlil 
qilish quyidagi xulof:alarga kelish imkonini beradi:
• 
Nutqni rivojlantirish - bu bolaning individual rivoj- 
lanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
• 
Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni 
taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.
• 
Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pe­
dagog ushbu jarayoi? qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh 
bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning indivi­
dual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatla­
rini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning 
eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.
«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish 
jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivoj­
lantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan 
o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakl- 
larini, ya’ni: otlami turlash, eng ko‘p qo'llaniladigan fe’llami tus- 
lashni bilishi lozim. Harakat belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) 
tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun bola­
lar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin 
gapirdi, chapga burildi va boshq.
32


Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat 
o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqat- 
ga 
sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi 
sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de- 
vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old 
ko'makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar 
(onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz 
yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old 
ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqanidan qichqirib yubor­
di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: 
bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik- 
tiruvcbi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilami qoilaydi; u o‘z nutqida 
qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami 
ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha 
gaplar - «Kamol nima ko'rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar -
«Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gap­
lar - «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon 
monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga 
tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl- 
lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bola­
lar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami 
tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand 
bo‘lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chun- 
ki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir 
bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalar bitta fikmi turlicha ifo­
dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga 
bir-birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didak­
tik o ‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. 
Bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti 
yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shakllanti- 
rishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.
33


Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgatish 
ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nalishi 
bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katta­
lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan 
foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu- 
rayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi 
o‘qiyotgan bola so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi 
so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: 
«Qaysi bola?» - « 0 ‘qiyotgan bola».
M ashg‘ulot uchun eng k o ‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va 
ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish 
darkor. Bolalarga hech qanday atamalar m a’lum qilinmasligi 
kerak, bunda ulam ing ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolish- 
lari va zarur b o ‘lganda ulam i o ‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda 
muhimdir.
Bolalarning sifatdoshlami qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni ku­
zatish chog‘ida, rasm chizish mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni 
о‘qish jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan 
foydalanish mumkin:
1. 
Predmetni, uning belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni 
ulaming mohiyatini ochib beradigan izohlar bilan birgalikda amalga 
oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z birikmasida - bu tu­
shayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlami yaxshisi, 
oldin alohida-alohida, keyin jo ‘r bo‘lib aytgan ma’qul.
2. 
Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chiza- 
yotgan» so‘zi chizmoq so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga 
tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.
3. 
Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?»
- «Sarg‘ayapti».
4. 
Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap 
tuzish: «sarg‘ayayotgan barglar - olmaning sarg‘ayayotgan barglari 
ko‘rinib turibdi», «varillayotgan samolyot - varillayotgan samolyot 
shahar ustidan uchib o‘tdi» va h.k.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin