(nektar) bilan oziqlanishga yaxshi moslashgan. Old qanotlari orqa
qanotlaridan kattadir. Baxmal kapalakning
qanotlari sut kabi oq,
qo‘ng‘ir holli bo‘lib, qanotlarini yoyganda 50-52 mm bo‘ladi. Tuxum
qo‘yib ko‘payadi. Mazkur kapalak guli o‘simliklami yaxshi chang-
latuvchi hisoblanadi.
Tarbiyachi:
Bolajonlar, biz kapalaklarga
qanday munosabatda
bo‘lishimiz kerak?
Bolalar:
Ulami o‘ldirmaslik, qanotlarini uzmaslik kerak.
Tarbiyachi:
Ha bolajonlar, bizga ma’lumki,
kapalaklar orasida
juda ko‘plab chiroyli turlari bo‘lib, ular tabiatni bezaydi. Ular muho-
fazaga muhtojdir. Ayniqsa, baxmal kapalakning yildan-yilga kamayib
ketishi, «Qizil kitob»ga kirishiga sababchi bo‘ldi.
Demak, biz ulami juda ehtiyotkorlik bilan muhofaza qilishimiz
kerak ekan.
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarga kapalak bo‘lib uchishni
taklif etadi.
Kapalak
Hoy kapalak, kapalak,
Qapotlaring ipakdek.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andek . . .
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham-gulshanda.
Sevgim, fikrim ham senda.
Mashg‘ulotning tahlili:
Tarbiyachi dastur bo‘yicha kapalakning yangi turi «Baxmal kapa
lak» haqida bolalarga bilim berdi. Mashg‘ulotda solishtirish metodidan
foydalanildi (Ya’ni oddiy kapalak baxmal kapalak bilan solishtirildi).
Mashg‘ulot savol-javob tarzida boshlandi. Yangi bilim berish bi
lan tugatildi.
Dostları ilə paylaş: