Badiiy asar kompozitsiyasi



Yüklə 69 Kb.
səhifə3/3
tarix15.10.2023
ölçüsü69 Kb.
#155623
1   2   3
Badiiy asar kompozitsiyasi

Qistirma epizod. Syujet yo’nalishiga bevosita aloqador bo’lmagan, ammo asar g’oyaviy mazmunini ko’p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida ta’kidlaydigan qo’shimcha voqea – qistirma epizod sanaladi. “O’tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog’liq voqealar – qistirma epizodlardir.
Jumladan, romandagi “o’z zamonasining mashhur devonasi” – Qovoq devona “qiziq harakatlari va tutal so’zlari” bilan hammani o’ziga qizziqtiradi. Kalaka qilg’uvchi ermakchalar “uning yoshi mishig’iga, mishig’i tupigiga qo’shilib yig’lashi”ni tomosha qilardilar. Ayni paytda “Xon zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko’kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonada o’tirar ekanlar, devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davrning ulug’lari ustidan kuladilar:
“Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog’ini ko’rsatib: - Manov Musulmon cho’loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : - Bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), - dedi. Suv qovog’ini erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni “nos qovoq, yupqa tomoq”, - deb qo’ydi. Ermakchilar kulishdilar”(154-bet).
Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to’ydan olgan belbog’i voqeasi orqali “ko’z og’rig’i”, “qorategin”, “yuziga chechak chiqqan” odam (homid) Otabekning yolg’iz o’g’il ekanini, toshkandlik qizga uylanganini bilab oladi, ana shu g’oyaviy yukni bajargandan so’ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko’rinmaydi.
5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g’oyaviy mazmun va kompozision jihatdan bog’lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol misollaridir.
Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:
Shoh Bahrom go’zal Diloromga ishq qo’yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o’qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo’ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o’zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo’ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go’zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- kecha: podshoh Jo’na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o’luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog’i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg’ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog’saki, yomg’irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda qimirlasa, o’sha yer cho’kadigan bo’lsa, bu paytda el ulus o’z hayotidan ko’zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo’lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutib, nobud qildi-qo’ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.

1 Қаранг: Введение в литературоведение, М., “Высшая школа”, 1988, 184-185-бетлар.

Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin