Badiiy asarda estetik faoliyat tushunchasi


Badiiy ijodni idrok etish



Yüklə 19,26 Kb.
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü19,26 Kb.
#41759
1   2   3   4
Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi.

Estetik idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to`laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to`g’ridan-to`g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o`ziga xos xususiyati avallo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko`rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to`laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so`z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o`zlashtirilishi bilan namoyon bo`la boradi.

Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib, ma’lum bir kuzatuvlardan so`ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o`z-o`zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o`zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo`lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so`qmoqlaridan matonat bilan o`tib borishiga ko`mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O`tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho`lpon she’riyatidan Vatanga bo`lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi.




Yüklə 19,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin