II BOB. BADIIY ADABIYOT, BADIIY ASARLAR MOHIYATI 1.1. Inson ruhiyati va ma'naviyatiga ta'sir etuvchi asarlar Badiiy adabiyot, badiiy asarlar insonlarga juda kuchli ta'sir ko'rsata oladigan ilohiy bir kuchdir. U inson his-tuyg'ularini va ongini tarbiyalashda ulkan ro'l o'ynaydi. Badiiy asarlarning mualliflari bilan birgalikda kitobxon hayotning turli tomonlari, xarakterlar va hodisalar mohiyatiga kirib boradi hamda o'zida ularga bo'lgan munosabatni shakllantiradi. Insonni o'ylashga, fikrlashga va kechayotgan voqealarni tahlil qilishga chorlaydi. Badiiy adabiyot bitmas-tuganmas g'oyalar manbayi hisoblanadi. Unda turli zamonlardagi kishilarning fikrlari, o'y-mulohazalari, orzu-umidlari, jamiyatdagi siyosiy, mafkuraviy, axloqiy-ta'limiy, falsafiy, diniy va boshqa xildagi qarashlar o'z aksini topadi. Shu bilan birga, o'zi aks ettirgan g'oyalar bilan kishilar qalbiga, ruhiga kuchli ta'sir o'tkazib, ularda yangi-yangi qarashlar, fikrlar tug'ilishiga, ularning ma'naviy jihatdan boyishiga, ongining o'sishiga xizmat qiladi. Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma'lum. O'smir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'ladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o'rin tutadi.
Inson ruhiyati va ma'naviyatiga ta'sir etuvchi asarlar juda ko'p. Masalan, Said Ahmadning "Ufq", Isojon Sultonning "Boqiy darbadar", O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin", Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" kabi. Har bir insonni bosayotgan qadamini o'ylantirib qo'yishga chorlaydigan asarlardan biri - Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asari hisoblanadi. Asardagi qahramonlarning holatiga diqqat qaratadigan bo'lsak, qalbimizda bir tug'yon jo'sh uradi, qalbimiz larzaga keladi, ana shu qahramonlar holatida o'zimizni bir zum his qila olamiz: "Ota ko'ngli bir ayol bilan to'lishi mumkin. Faqat bola ko'nglini oladigan, ko'nglini to'ldiradigan ayol endi dunyoda yo'q.
Mohiyatiga ko’ra strukturalizm yangi soha yemas. Uzoq tarix, boy adabiy merosga yega xalq borki, uning nafosashunosligi, adabiyoshunosligi, matnshunosligi taraqqiy yetgan bo’ladi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur singari san’atkorlar nafaqat badiiy asarlar, balki poyetikaning turli muammolari haqida tadqiqotlar yaratganlar. Alisher Navoiy “Mezonul-avzon”, “Muhokamat ul-lug’atayn” singari asarlarida so’z, misra, tarkibiy tizim haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Hozir ham o’zini hurmat qilgan, badiiy ijodni muqaddas sanagan san’atkor badiiy til, struktura, so’zdan foydalanish mahorati, satr salmog’i, semiologiya singarilar haqida tadqiqot olib bormoqda. Ammo struktura, strukturalizm istilohi yuz yil muqaddam Fransiyada paydo bo’ldi. Struktura tarkibiy qismlar aro aloqa va o’zaro moslashuvlardir. Strukturalizm-tilshunoslik, adabiyoshunoslikdagi yo’sin, yo’nalish, metodning mushtarak atamasi. XX asrning 10-yillaridan ye’tiboran shakllana boshlagan strukturalizm metodini fransuzlar “yangi tanqid” deya boshladilar. Fransuz strukturalizmi haqida gap borar yekan, avvalo Ferdinand de Sossyur (1857-1913) nomi tilga olinadi. U struktural lingvistika asoschilaridan bo’lib, fanga sinxron va diaxron o’rganish metodlarini olib kirdi. Lingvistikani izchil tizim sifatida o’rganish, til va semiotika aro uzviy bog’liqlik masalalari F.de Sossyur nomi bilan bog’liq. R.O.Yakobson (1896-1982) strukturani badiiy asar fabulasi va kompozisiyasi bilan uzviy bog’liqlikda o’rganish yo’sinini ishlab chiqdi. Uning tadqiqotlari ko’proq lingvistik strukturalizm bilan bog’lanib ketgan. Tadqiqotchi Jan-Mari Ozia struktura va inson psixologiyasi muammolarini tadqiq yetgan. Mana shu olim matn tahlili muammolari siyosiy, mafkuraviy, tashviqiy qarashlardan yiroq bo’lishi lozimligini uqtirgan. Gaston Bashlar (1884-1962) struktura, strukturalizm bilan bog’liq “Yangi ilmiy tafakkur” konsepsiyasini falsafiy jihatdan asosladi. U hozirgi ilmiy bilish dialektikasini yangicha talqin qilishga intildi. Strukturalizm mantiqiy bog’liqlik, o’zaro aloqalarni yaxlit halqa sifatida o’rganadi. Bu metodda makoniy cheklanish mavjud, ammo u tafakkur imkoniyatlarini bus-butun ishga solishga qodir. Strukturalizmda ma’lum muammodan chetga chiqib ketmaslik, masalani mumkin qadar teran, keng miqyosda yoritib berish muhimdir.
Strukturalizmning shakllanishi va rivojini Rossiyada paydo bo’lgan “Poyetik tilni o’rganish jamiyati” (OPOYaz) faoliyati namoyandalari ijodiy izlanishlarisiz tasavvur yetib bo’lmaydi. XX asrning 10-yillarida tashkil yetilgan bu jamiyat lingvistik va adabiyoshunoslik strukturasi muammolari bilan shug’ullandi. Mazkur jamiyatning Ye.D.Polivanov, Yu.N.To’nyanov, V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.V.Tomashevskiy, B.Yeyxenbaum singari a’zolari lingvistika, adabiyoshunoslik, xususan, poyetika, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik, rus adabiyoti tarixini ilmiy-nazariy yoritishda betakror o’zliklarini namoyon yetadilar. Xususan, Viktor Borisovich Shklovskiy (1893-1984), Boris Viktorovich Tomashevskiy (1890-1957)kabilar ham nazariyotchilar sifatida tanildilar, ham L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, A.Pushkin asarlari strukturasini tadqiq yetish bo’yicha katta ilmiy yutuqlarga yerishdilar. Ularning ijodi 10-yillarda boshlangan bo’lsa-da, 50-70-yillarda unumli natijalar berdi.Strukturalizm XX asrda uchta murakkab bosqichni o’tadi. 10-yillarning o’rtalarida boshlangan strukturalizm boshlang’ich pog’ona bo’ldi. Garchi u “boshlang’ich” bo’lsa-da, strukturalizmning tamal toshi o’sha paytda qo’yildi, uning asosiy maqsad-vazifalari belgilandi. Muhimi, strukturalizm lingvistika va adabiyoshunoslikdagi mushtarak nuqtalarga diqqatini qaratdi. Ayni vaqtda ilk strukturalizm lingvistik va adabiyoshunoslik muammolarini aniq, uzil-kesil ko’rsatib berdi.Strukturalizmning ikkinchi pog’onasi XX asrning 60-70-yillariga to’g’ri keldi. Fransiyada bu yillar Klod Levi Stross (1908), Jak Lakon (1901-1981), Rolan Bart (1915-1980), Mishel Fuko (1926-1984) singari strukturalistlar ijod qildilar. Bular strukturalizm mohiyatini mukammal yoritdilar. R.Bartning “Huzurbaxsh matn”, M.Fukoning “So’z va buyumlar” tadqiqotlari, Levi-Strossning yetnografik strukturalizmga doir ishlari mashhur bo’ldi. Ayniqsa, A.Bartning tanqid, adabiyoshunoslik, tillar haqidagi tadqiqotlari strukturalizm nuqtai nazaridan o’rganilgan, baholangan.60-70-yillarda rus strukturalistlari unumli ish olib bordilar D.M.Lixachev (1906-2000), M.B.Xrapchenko (1904-1993), M.M.Baxtin (1895-1975), . Yu.Lotman, Yu.Borev, Yu.Barabash singarilar “OPOYaZ”chilar an’analarini davom yettirdilar, badiiy asar matniga doir xronotop, roviy, funksional yondashuv singari masalalarni o’rtaga qo’ydilar.
60-70-yillar strukturalizmida Yuriy Lotmanning xizmatlari katta. Bu olim uslubi qanchalik murakkab bo’lsa, u talqin qilgan asarlar ham shunchalik jiddiy. Uslub qancha murakkab bo’lsa, mutaxassis uni o’qish, o’rganishga shunchalik jiddiy kirishadi. Yu.Lotman badiiy asar matni muammosini keng miqyosda, barcha san’at asarlari birligida, jahon adabiyotining murakkab asarlari misolida yoritadi. Yu.Lotmanning mantiq yo’siniga yo’l topilsa, uning nazariy qarashlarini anglab yetish osonlashadi. Olim har qancha murakkab uslubni qo’llamasin, badiiy matn muammosi doirasidan chetga chiqib ketmaydi. Bizning mumtoz adabiyotimizda shunday murakkab, teran ildizli matnlar borki, ularni anglab yetgan mutaxassis Yu.Lotman asarlarini bemalol uqib oladi.70-yillardan boshlab o’zbek adabiyoshunosligida poyetika masalalari o’rganila boshlandiki, ularni strukturalizm sohasida olib borilgan izlanishlarning boshlanishi deb anglamoq joiz.
Badiiy tafakkurda ro’y bergan o’zgarishlar adabiyotda darhol namoyon bo’ladi. 80-yillardan boshlab strukturalizmning yangi ko’rinishi – posstrukturalizm paydo bo’ldi. Posstrukturalizm, ramziy aytganda, strukturalizmni biqiqlik, akademik holatdan hayotning jo’shqin oqimiga olib chiqdi. Yangi metod namoyandalari jonli hayot ruhi singgan, xalqona tilda yozilgan matnlarni talqin qila boshladilar. Ayniqsa, bunday hol sho’ro adabiyotida ro’y berdi. Oshkoralik va demokratiya sharoitida muqaddam ta’qiqlangan asarlar chop yetila boshlandi. Ularda Gulag mahbuslari, siyosiy jinoyatlari uchun uzoq vaqt ozodlikdan mahrum yetilganlar xarakteri aks yettirilgan yedi. A.Soljenisin, A.Ribakov, A.Bek, A.Platonov singarilarning asarlari posstruturalizm uchun qimmatli material – matnlarni berdi. O’zbek adabiyotida X.Sultonov, Murod Muhammad Do’st, Yerkin A’zam, Tog’ay Murod, Rauf Parfi singarilarning asarlari matni o’ziga xos, betakrorligi bilan diqqatni jalb yetdi.Poyeziyadagi baxshiyona ruh, xalqona ohang, maromlar matn tahlili uchun nihoyatda zarur, qimmatli yedi.
Mustaqillik davri adabiyotida nasr, nazm, dramaturgiya sohasida bo’lmasin janriy izlanishlar avj oldi. Omon Muxtor, Xurshid Do’stmuhammad, Salomat Vafoning roman, Tohir Malik, Nazar Yeshonqul, Sh.Xolmirzayevlarning qissa, N.Yeshonqul, Sh.Bo’tayev, N.Norqobil, Ye.Shukur, Isajon Sultonov, Zulfiya Qurolboy qizi, Dilfuza Qo’ziyevalarning hikoya janridagi izlanishlari posstrukturalizm metodi uchun boy material bo’la oladi. Afsuski, o’zbek adabiyoshunosligi, adabiy tanqidchiligi strukturalizm metodi muammolari bilan jiddiy shug’ullanmayapti. To’g’ri, mustaqillik davrida A. Qahhorning “Sarob”i, A.+odiriy romanlari matn nuqtai nazaridan yangicha talqin qilindi. Ammo bunday talqinlar hozir nihoyatda kam. Ayniqsa, qayta talqin qilinishi lozim bo’lgan asarlar bisyor. “Tafakkur” jurnalining 2004 yil 3-sonida Zuhriddin Isomiddinovning “Taras Bulba: oshkor va pinhon qiyofa” nomli tadqiqoti chop yetildi. Muallif Gogol asaridagi semiotik nuqtalarni aniq, ishonarli belgilaydi. Matn tahlilidan kelib chiqqan holda muallif Taras Bulba zinhor xalq qahramoni, vatanparvar bo’lmaganligini isbotlaydi: “Albatta, Gogol ham xuddi Pushkinga o’xshab, o’z davrida Taras Bulba singari “din va millat fidoyilari”ning yovuzligini faqat ishorat tili bilan bayon qila olar yediki, buning sabablari hammaga tushunarli”1. Shu muallif «Chini turganida afsona nechun?» maktub-maqolasida To’lenbergan Kompbergenevning «qoraqalpoqman. tavakkalchiman» (Nukus-2003) asarini sinchiklab tahlil qiladi. Ma’lumki, so’nggi yillarda har bir xalq o’zining tarix shodasidagi o’rni, mavqyeini bo’rttirib ko’rsatishga intilmoqda. Donishmand adib T.Kalpbergenov ham qorqalpoqni ulug’lashga haddan tashqari berilib ketadi. Z.Shomiddinov asardagi sakta, soxtaliklarni birma-bir talqin qilarkan, yozuvchiga murojaat qiladi: «Hurmatli Tulepbergin og’a!... Yel va millatning qadimiyrog’i a’loyu tarix sahnasiga turli sabablarga ko’ra kechroq chiqqanlari tubanroq bo’lmaydi. Barchasi teng. Shunday yekan, tarixchi olimlarning hozirgacha amalga oshirgan mehnatlari natijasini-ayon haqiqatlarni nazar-pisand qilmay, afsona to’qishga, shu asosda tarix «ijod» qilishga hojat yo’q».2Tanqidchi badiiy asar matniga chuqur kirgani sayin tarkib, tartib, tayanch so’zlarni aniq ko’radi, his qiladi. Postrukturalizm so’zlar, ishoralar aro modern holat, asar ichra asar yaratila boshlanganligi ko’ra boshlaydi. Sho’ro davri tanqidchiligidagi talqin, tahlillarni kuzatar yekansiz, xayolingizga daf’atan: “Men nima deymanu qo’bizim nima deydi?”- maqoli keladi. Xullas, posstrukturalizm asarlarni sinchiklab o’rganadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, posstrukturalizm globallashuv jarayonining samarasi sifatida jahoniy ahamiyatga molik asarlarni tahlil, talqin qiladi. Masalan, strukturalist Klod Levi-Stross “Strukturalizm va yekologiya” maqolasida muammoni umumjahon miqyosida oladi. Levi-Stross mutaxassisligi nuqtai nazaridan yetnolog bo’lgani uchun ham umumjahoniy muammo mohiyatiga tez, asosli kirib bordi. Badiiy adabiyotda global mohiyatli tadqiqotlarni yaratish shart. O’ylab ko’rilsa, olam ham hududsiz, odamlar ham bir-biriga yot yemas yekan. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraqqiyoti, globallashuv jarayoni odamlarni yaqinlashtirganiday, adabiy aloqa, o’zaro ta’sirni kuchaytirdi. O’zbek yozuvchisi Xurshid Do’stmuhammad italiyalik adib Dino Busattining “Yetti qavat” hikoyasidan ta’sirlanib “Jimjitxonaga yo’l” asarini yozdi. Hikoya kompozisiyasi g’alati: X.Do’stmuhammad “Yetti qavat” hikoyasi qahramoni Dino Korte holati bilan “Jimjitxonaga yo’l”ning asosiy ishtirokchisi Zohid Yaqin ruhiyatini baqamti tasvirlaydi. Har ikki hikoyada ko’zga yaqqol tashlanmaydigan jihat shuki, Dino Korte asta-sekin yuqoridan pastga tushib boradi. Zohid Yaqin bo’lsa birinchi qavatdan yettinchiga ko’tariladi. Qizig’i shundaki, odam-kim, qayerdanliligidan qat’i nazar taqdirga tan berib, turli vaziyatlarga ko’nikib borarkan. Italiyalik yozuvchi o’z qahramonini osmondan yerga tushirar yekan, uning o’ziga xosligidan – dini, millati, udumlari, yashash tarzidan kelib chiqadi. X.Do’stmuhammad Zohid Yaqinni asta-sekin arshi a’loga ko’tara boradi. Har ikki qahramon o’lim tomon ilgarilab boraveradi. O’zbek va italiyalik bemorning holatlari strukturali tahlilda sezila boradi. O’limning millati yo’q. U o’z bag’riga hammani olaveradi. Jon taslim qilayotgan Dino Korte “najot istab mayda sim to’r qoplangan derazadan tashqaridagi daraxtzorga chiranib qaraydi, ammo ko’z oldi chaplashib ketadi.
Tunmi?... - deb so’radi u arang pichirlab. – Soat nech...”2. Shunday holat Zohid Yaqinda ham ro’y beryapti: “Zohid Yaqin yo’lak adog’idan oqib kirayotgan sutdek nur og’ushida yastanib yotgan keng va yam-yashil sayhonlikni ilg’ab, shu qadar bahri dili ochildiki!...