Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Badiiy metod deganda nimani tushunasiz?
2. Adabiy yo‘nalish prinsiplari va uning o‘z ichiga qanday masalalarni qamrab olishini gapirib bering.adabiy yo‘nalish bilan adabiy oqimning qanday farqi bor?
3. Romantizm ijodiy metodi qanday tasvirlash prinsipiga asoslanadi?
4. Qanday romantiq obrazlarni bilasiz?
5. Realizmning o‘ziga xos xususiyatlari va prinsiplarini gapirib bering. Realizm va tanqidiy realizm bir-biridan nima bilan farq qiladi?
6. Bugungi o‘zbek va jahon adabiyotida qanday yangi asarlar yaratildi va ularda qanday muammolar ko‘tarilib chiqmoqda?
7. Moderenizm - qanday adabiy oqim va uning o‘zbek adabiyotidagi ko‘rinishlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Jahon adabiyotidan o‘zbek adabiyotiga qilingan tarjimalar va undagi muammolar.
9. Nima uchun adabiyotshunoslik maktablari yaratilgan?
10. “Neomifologik ong”ning mohiyati nimada?
11. Avangard san’at xususiyati qaysilar ?
12. Ommaviy madaniyat haqida nimalarni bilasiz?
13. Formal maktabning adabiyotshunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi qaysi?
14. Strukturalizm maktabi faoliyatiga xos xususiyatlar nimalarda namoyon bo‘ladi?