Baholash 100 ballik tizimda olib boriladi. Kurs mashg’ulotlaridan 50 ball va yakuniy baholashdan 50 ball. Kurs mashg’ulotlaridan umumiy 50 ballgacha to’plash mumkin



Yüklə 16,53 Kb.
tarix19.09.2022
ölçüsü16,53 Kb.
#63787
AL Baholash mezoni


6.1 Baholash.
Baholash 100 ballik tizimda olib boriladi. Kurs mashg’ulotlaridan 50 ball va yakuniy baholashdan 50 ball.
Kurs mashg’ulotlaridan umumiy 50 ballgacha to’plash mumkin. Yakuniy nazorati topshirishga ruxsat berish uchun 30 ball (50 ballning 60%i) saralash balli hisoblanadi.
Dars jarayonida to’planadigan 50 ball quyidagicha baholanadi

  1. Oraliq nazorati va ma’ruza mashg’ulotidan beriladigan mustaqil ta’lim topshiriqlar – 25 ball. Jumladan,

  1. Oraliq nazorat 10 ball bilan baholanadi. Oraliq nazorat test shaklda o’tkaziladi. Har bir talabaga 40 tadan test beriladi. Har bir test 0.25 ball bilan baholanadi. Jami 10 ball.

2) Ma’ruza mashg’ulotlaridan berilgan mustaqil ishlar 15 ball bilan baholanadi. Kurs davomida 5 ta mustaqil ish topshiriqlari beriladi. Har bir mustaqil ish 3 ball bilan baholanadi. Jami 15 ball. Har bir mavzu bo‘yicha mustaqil ta’lim hisobotlarini topshirish uchun oxirgi muddatlar (dedline) o’quv grafigiga muvofiq belgilab beriladi. Dedlinedan kechikkan talabalarning hisobotlari baholanmaydi. Quyidagi mavzularda mustaqil o‘zlashtirish uchun o‘quv materiallari beriladi:
1-mustaqil ish mavzusi: Chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmlar. Mavzu bo’yicha o’rganish uchun materiallar va shu materiallar asosida tuzilgan 25 ta test topshirig’i beriladi. Jami 3 ball bilan baholanadi
2-mustaqil ish mavzusi: Chiziqli dasturlash masalalari va ularni yechish algoritmlari. Mavzu bo’yicha o’rganish uchun nazariy materiallar va shu materiallar asosida tuzilgan 5 ta masala beriladi. Jami 3 ball bilan baholanadi
3-mustaqil ish mavzusi: Raqamli algoritmlarni qayta ishlashda Furye usuli va dinamik dasturlash yo’li. Mavzu bo’yicha o’rganish uchun nazariy materiallar va shu materiallar asosida tuzilgan 25 ta test topshirig’i beriladi. Jami 3 ball bilan baholanadi
4-mustaqil ish mavzusi: “Dag‘al kuch” usuli. “Xasis” algoritmlar. Mavzu bo’yicha o’rganish uchun nazariy materiallar va shu materiallar asosida tuzilgan 5 ta masala beriladi. Jami 3 ball bilan baholanadi
5-mustaqil ish mavzusi: P, NP, NP-to’liq masalalar. Mavzu bo’yicha o’rganish uchun nazariy materiallar va shu materiallar asosida tuzilgan 25 ta test topshirig’i beriladi. Jami 3 ball bilan baholanadi

  1. Amaliy mashg’ulotdan berilgan topshiriqlar – 25 ball.

Kurs mobaynida amaliy mashg’ulot darslaridan 5 ta mustaqil ta’lim topshiriqlari uchun hisobotlar qabul qilinadi. Har bir hisobot 5 ball bilan baholanadi. Jami 25 ball.
Har bir mavzu bo‘yicha mustaqil ta’lim hisobotlarini topshirish uchun oxirgi muddatlar (dedline) o’quv grafigiga muvofiq belgilab beriladi. Dedlinedan kechikkan talabalarning hisobotlari baholanmaydi.
Har bir talabaga berilgan individual topshiriqlar uchun talabalar tomonidan hisobot shakllantiriladi va hisobot og’zaki izohlash va o‘qituvchi oldida himoya qilib berish orqali qabul qilinadi. Hisobotlari qoniqarli deb hisoblangan talabalarga natijalarini elektron ta’lim platformasiga yuklash uchun ruxsat beriladi. Tizimga yuklangan hisobotlar baholanadi.

Yakuniy nazorat


YN yozma shaklida o’tkaziladi va muddati fakultetlar dekanati tomonidan belgilanadi. YN jarayonlarida ushbu fan bo‘yicha mashg‘ulot olib borgan o‘qituvchilar ishtirok etmaydi.
YN ni o‘tkazuvchilar tarkibi ham fakultetlar dekanati tomonidan tanlanadi va unda YN dan “qoniqarsiz” (30 balldan past) baho olgan talaba OB bo‘yicha bahosi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, fan bo‘yicha akademik qarzdor hisoblanadi.
Yüklə 16,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin