31
taqqoslama o’lchovlar. Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
S
1
+ S
2
+ S
3
= 1
(3)
23
Turli xil baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari o’rtasida
jiddiy tafovut mavjud bo’lsa, baholovchi olingan tafovut sabablarining tahlilini
baholash to’g’risidagi hisobotda keltirishi lozim. Baholash natijasining yuqori
chegarasidan 30 foizdan ortiq qiymatga ega bo’lgan tafovut jiddiy tafovut deb
hisoblanishi lozim. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash
yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun taqqoslama o’lchovlarni
aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi baholash maqsadini va
baholash natijalaridan foydalanish mo’ljalini, baholash obyektining xususiyatini,
qiymat turini, baholash yondashuvlarini qo’llashda foydalanilgan axborot hajmi va
sifatini hisobga olishi lozim. Muvofiqlashtirish usuli va taqqoslama o’lchovlarning
tanlanishi hamda bunda, baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash
to’g’risidagi hisobotda asoslanishi lozim.Baholash obyektining yakuniy qiymati
pul hisobida yagona kattalik sifatida ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: