8-jadval Xonalar soni bo’yicha 1 kv.metr uchun uy-joyning o’rtacha taklif narxi 34 Xonalar soni 2018-yil sentyabr 2018-yil oktyabr O’zgarishi (%) 1-xonali
721
716
-1
2-xonali
709
692
-2
3-xonali
737
712
-3
4-xonali
733
740
1
Ko’p xonali
716
720
1
Bu borada, o'rtacha tanlov narxlarining pasayishidagi eng katta dinamika
3 xonali kvartira segmentida qayd etildi, Ya’ni 2018-yil sentaybda 737 AQSH
dollaridan bir oyda 712 AQSH dollarigacha pasaygan.
G'ishtli uy-joylar bo’yicha takliflarning o'rtacha narxini tahlil qilish shuni
ko’rsatadiki, o'rtacha narxlarining o'sish dinamikasi 1, 4-xonali va ko'p xonadonli
kvartira segmentlarida kuzatildi. Bu boradagi eng katta o'sish 1 xonali uy-joylarda
qayd etildi, ya’ni 2%ga o’sgan. Eng katta pasayish 3 xonali kvartira segmentida
qayd etildi, ya’ni ulardagi ko’rsatkich 3% yoki 20 AQSH dollariga pasayganligini
kuzatish mumkin.
9-jadval 1 kv.metr uchun g’ishtli uy-joylar uchun o’rtacha taklif narxi, AQSH dollarida 35 Xonalar soni 2018 -yil sentyabr 2018-yil oktyabr O’zgarishi (%) 1-xonali
738
751
2
2-xonali
764
751
-2
3-xonali
775
755
-3
4-xonali
793
802
1
Ko’p xonali
782
790
1
Shahar hududlarida uy-joylarning narxlaridagi o’zgarishlar tahlili. Tumanga
qarab o'rtacha kvartira narxining oylik o'zgarishi (-3) - (+ 3)% oralig’ida edi.
Hududlar bo’yicha uy-joylardagi narxlarning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki,
uy-joylar uchun o'rtacha taklif narxining pasayishi 11 tatumandan 10 tasida
kuzatildi. Bu pasayish dinamikasi o’rtacha 1-3 % oralig’ida kuzatildi. Eng katta
pasayish tendensiyasi Olmazor va Uchtepa tumanlaridagi uy-joylardagi narxlarida
34
MCHJ “LIDER KONSALT SERVIS” baholash tashkiloti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
35
MCHJ “LIDER KONSALT SERVIS” baholash tashkiloti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
46
qayd etildi. Qolgan tumanlarda uy-joylar uchun o’rtacha hisobda 1-2 % pasayish
tegishli bo’lgan.