Baholash tizimi



Yüklə 247,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.12.2022
ölçüsü247,77 Kb.
#77968
  1   2   3   4   5   6
NIZOM baholash-tizimi



Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to’g’risida
NIZOM
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»
gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda)
qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi
343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 
qaroriga
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) muvofiq
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini
tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini
boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni
o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar
shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim
standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni
ta’minlash;
1 / 11


Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini
tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan
samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
ye) talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
j) o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va
baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 247,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin