Bahorning nafasin oldim men balki, Seni sog’inganim yomon sezildi



Yüklə 4,98 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü4,98 Kb.
#197342
bahor she\'r


Bahorning nafasin oldim men balki,
Seni sog’inganim yomon sezildi
Balki unutmasman o’lguncha toki
Yuragim ezildi ,qalbim ezildi

Quyoshning taftidan ochilar gullar


Lek menig ko’nglimda iliqlik yo’qdek
Bordir o’sha ko’cha, bor o’sh yo’llar
Yo’qliging ko’ksimga qadalar o’qdek

Sen mening yo’qotgan sevgi bahorim


Gullarning hidlari jannatdanmidi
O’zingdan o’zgaga ko’chmay hayolim
Br seni izlaydi, bir seni deydi

Topsam seni yana ko’nglim quvonchi


Olamni quyoshdek yoritar edi
Axtarib topolmay ko’zlarim yoshi
Bahor yomg’iridek to’kilar endi

Men seni shunchalar sevgandim sevgim


Ichimni titratib yondirgan chunon
Bo’sunmas, ot kabi turolmaydi jim
Ismingni eshitsa yuragim hamon.

Sog’indim men yomon seni bahorim


Quyoshga intilgan boychechak kabi
So’ngi dam yiqilsam qolmay madorim
Menu uyg’otarmi gullaring labi.
Yüklə 4,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin