Bajardi : Davirova Asal


berilgan. Hamda juda ko`plab geografik hududlarga nomlar berilgan. O`rta Osiyo va unga tutash



Yüklə 9,77 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,77 Kb.
#210347
1   2   3
Sharof rashidov nomidagi samdu geografiya va ekologiya fakulteti-www.fayllar.org

berilgan. Hamda juda ko`plab geografik hududlarga nomlar berilgan. O`rta Osiyo va unga tutash 

erlardagi qabilalar geografiyasi aks ettirilgan, geografik terminlar to`plapib ular izohlangan. 

Bundan tashqari ko`plab boshqa shu davr olimlarining asarlarida O`rta Osiyo tabiati, 

geografiyasi va boshqalari haqida ma`lumotlar berilgan.

Tarixiy geografiya faniga o`z xissasini qo`shgan O`rta Osiyolik olimlardan yana 

biri Faxriddin Banokatiy (XIV asr boshlari) dir. Binokatiyning "Tarixi Binokatiy" (yoki "Ravzat 

ulul al-bob fi tavorix ul akobir va ansob" - "Ulug' kishilarning tarixi va nasabi bobida 

donishmandlar bog'i") asarining VII bobbi geografiyaga bog'liq. Unda Xindiston, Armaniston, 

Eron, Rum, Xitoy, Mo`g'iliston, arab va yaxudiylarerlaridan hamda O`rta Osiyoning tabiati, 

aholisi to`g'risida zarur ma`lumotlar bor. 

 

Al-Xorazmiyning geografiyaga qo’shgan hissasi


  •  Al-Xorazmiyning tabiiy fanlar rivojiga qo'shgan hissasi uning geografiya oid "Surat al-arz" asarida yorqin namoyon bo'ldi. Al-Xorazmiyning «Surat al-arz» kitobi o`z davrida juda mashhur bo`lgan va undan nafaqat bag`dodlik olimlar, balki birmuncha uzoq mamlakatlardagi ilm ahli ham keng foydalangan. Kitob bir necha unlab xaritalar va ularga berilgan izohlarni o`z ichiga olib, hammasi birgalikda «Kitobu surat al-arz» deb atalgan. U «Yerning qiyofasi kitobi» yoki boshqacha aytganda «Geografiya» ma`nosini ham bildiradi.

  • Mazkur asardagi izohlarda dunyoning turli qismlari iqlimlar bo`yicha joylashtirilgan va ularning georafik koordinatalari keltirilgan. Hammasi bo`lib 537 ta eng muhim joyning nomi, jumla­dan, shaharlar, so`ngra tog`lar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, oxirida esa daryolar alohida-alohida qilib yozilgan. Kitobda keltirilgan jadvallarda «G`arbiy tashki dengiz» (Atlantika okeani), «Qulzum dengizi va Yashil dengiz» (Qizil dengiz va Hind okeani) kabi nomlar uchraydi. Shuningdek, asarda Azov dengizi, Nil daryosi va ularning atrofidagi hududlarga izoh berilib, bu yerlarning xaritasi ham keltirilgan. Mohiyat va mazmuniga ko`ra, mazkur asar katta bir atlasga ilova qilingan izohdir.

Al-Xorazmiy Xorazm va Bag`dodda ijod qilganini inobatga olsak, shu ikki mintaqa o`rtasida qilgan sayohatlari natijalari olimning geografik asarlari uchun asos bo`lgan, deb aytish mumkin. Olim o`z asarlarida Yerning o`lchamlari haqida ham ba’zi ma’lumotlarni keltirgan va bu haqda sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan geograf olimlarning asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Ibn al-Faqihning yozishicha, Al-Xorazmiy Yerni yassi, yuzasining umumiy maydoni 9 ming farsahga teng bo`lib, shuning o`n ikkidan bir qismidagina odamlar yashaydi, deb hisoblagan. Olimning maz­kur fikri o`sha paytlarda Yer shakli haqida hukmron bo`lgan taxminlarga asoslangan bo`lishi mumkin, albatta.



Yüklə 9,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin