ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “ METALLURGIYA” KAFEDRASI “QUYMAKORLIK TEXNOLOGIYASI” FANIDAN MUSTAQIL ISH
Bajardi: 1As-20 Met guruh
Ochilov. Sh. Z.
Tekshirdi: Masidiqov E.M
Mavzu: Quymalarga termik ishlov berish Reja. 1. Termik ishlov berishning usullari. 2. Quyma nuqsonlarini aniqlash. 3. Quyma nuqsonlarini toʼldirish. Termik ishlov berishning usullari. Termik ishlov berish quyma xossalari va strukturasini yaxshilashga, hamda ichki kuchlanishni yoʼqotishga xizmat qiladi. Termik ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: yumshatish, normallash, toblash, boʼshatish.
Ishlov berishning uslubi yoki turi qotishmaning turiga qarab, texnik sharoitning talabiga qarab belgilanadi.
Yumshatish-deb metallni maʼlum temperaturagacha qizdirib, moʼljallangan vaqtda pechda tutib turilgandan keyin, asta -sekin pech bilan birga sovitishga aytiladi. Yumshatishni bir necha turlari bor. Ular bir - biridan qizdirish temperaturasi bilan farq qiladi:Toʼla yumshatish kristallanish temperaturasidan 30 - 50°C yuqori qizdiriladi; Metallarni yumshatishdan maqsad ularning qattiqligini kamaytirish, ichki kuchlanishni yoʼqotish va strukturasini muvozanat holatga keltirishdan iborat.
Normallash - deb metallarni kristatlanish temperaturasidan 30 - 50°C yuqoriroq xaroratda qizdirib, pechda moʼljallangan vaqtda tutib turib, sekin havoda sovitishga aytiladi.
Toblash-deb metallarni kristallanish temperaturasidan 30 - 50°C yuqoriroq temperaturada qizdirib pechda muljallangan vaktda tutib turilgandan keyin tezlik bilan (suvda, moyda) sovitishga aytiladi.
Boʼshatish - deb toblangan poʼlatlarni kristallanish chizigʼidan past temperaturada qizdirib, pechda moʼljallangan vaqtda tutilgandan keyin havoda sovutishga aytiladi. Boʼshatishni past temperaturada (160 - 250°S), oʼrta temperaturada (350 - 450°S), yuqori temperaturada (550 - 600°S) boʼshatish turlari mavjud.
Quyma nuqsonlarini aniqlash. Boshlangʼich tekshirishdan tashqari, quyma texnik talablarga mos kelishini oxiri tekshiruv belgilaydi. Quymani nomi va ishlatilish joyiga qarab massali yoki alohida tekshiruvdan oʼtkaziladi. Quymani oʼlchami loyihadagi oʼlchamga mos kelishi maxsus oʼlchash stolida amalga oshiriladi. Davriy quymalarni ichki boʼshliqlarining oʼlchamini, almashinuvini aniqlash uchun kesiladi.Quymalarni mexanik xossalari (chuziliщdagi mustahkamligi, qattiqligi, zarbga qovushqoqligi va boshqalar) alohida tayyorlangan yoki quymani tanasidan kesib olingan qismida tekshirish oʼtkazilib aniqlanadi.
Quyma, ishlatish joyiga qarab gaz yoki suyuqlik bosimiga, ish sharoitida gidro va pnevmatik sinovlarga chidashi kerak.Quymalarni ichki nuqsonlarini aniqlash uchun radiografik va ultra tovushli defektoskopda aniqlash usullari ishlatiladi.Quymalarni tashqi qismlaridagi nuqsonlar magnitli va rangli defektoskopda, lyuminessentli tekshirishda aniqlanadi.
Nuqsonlarga ega boʼlgan koʼpgina quymalarni nuqsonga chiqarish emas, balki ularni toʼgʼirlash mumkin. Nuqsonlarni toʼgʼirlashni asosiy uslublari-bular tuzatish (pravka), toʼldirish va shimdirishdir.
Tuzatish mexanik va gidravlik preslarda, ayrim hollarda bolgʼa yordamida bolgʼalab amalga oshiriladi. Tuzatilgan joy shablon yoki lineykalar yordamida tekshiriladi
Quyma nuqsonlarini toʼldirish. Nuqsonlar ikkita usulda toʼldiriladi:
1. Suyuq metall bilan.
2. Alangali yoki gazli payvandlash bilan
Suyuq metalda toʼldirish uchun quyma qolip aralashmasi bilan bekitiladi, nuqson joy ochiq holatda qoldiriladi. Quyma shu qismiga suyuq metal oqimi yuboriladi. Oqim bilan metalni nuqson joyi toʼladi, kristallanishi natijasida metall bilan birlashadi. Bu usulda bir xilli quymalar qalayli bronza bilan toʼldirish uchun ishlatiladi.
Keng koʼlamda dugali, argon-dugali va gazli payvandlash ishlatiladi. Payvandlab toʼldirishda hosil boʼladigan termik katta kuchlanish boʼlmasligi uchun quymalar payvandlashdan oldin qizdiriladi (choʼyanlar 550 - 700°C, alyuminiy va magniyli quymalar 350 - 400°C): oksidlanishdan saqlash uchun maxsus flyuslar yoki ximoya gazlari ishlatiladi. Koʼpgina xollarda payvandlashda quymaning tarkibi bilan bir xilli qotishma bilan toʼldiriladi.Ishlov berilgan poʼlat quymalardagi nuqsonlar paykalarda toʼgʼirlansa oʼlchami va qattiqligining oʼzgartirishiga olib keladi. Payka uchun qattiq kavshar (pripoy) Si-Ni (950°C), Si-Ag (648 - 567°C) va boshqalardan qabul qilingan.