Aim.Uz
Gaz turbinali qurilmalar
Tayanch iboralar: gaz turbina, bug’ gaz, texnologik, sxema.
8-1. Gaz turbinali qurilmalarning texnologik va issiqlik sxemalari
Eng sodda gaz turbinali qurilmaning sxemasi 8-1 rasmda keltirilgan .
Gaz kompressorda qisiladi, isitgich 2 da mumkin bo’lgan yuqori haroratgacha qizdiriladi, keyin u turbanada avvalgi bosimgacha kengayadi. Turbinada bajarilgan nisbiy ishi kompressor bajargan ishidan ko’p bo’ladi.
Turbinava kompressorda bajarilgan ishlarning farqi qurilmaning foydali ishi hisoblanadi:
if= it - ik (8-1)
Gaz turbinali qurilmaning texnologik sxemasi 8-2 rasmda keltirilgan.
GTK da yoqilg’i bevosita iste’mol qilinadi va elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Ko’p miqdorda talab qilinadigan havo GTK ga maxsus moslama 1 orqali beriladi. Havo kompressorda siqiladi va shu paytning o’zida sovutgich 4da suv bilan sovitiladi. Kompressordan keyin havo yonish kamerasi 2 ga beriladi. Qizigan havo turbinaga kiritiladi va mexanik ish bajariladi. Turbinada ishlatilgan gazlar tutun quvuri orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Atmosferaga chiqib ketuvchi gazlarning issiqligidan foydalanish uchun issiqlik almashtirgichlar (6) o’rnatiladi. Ular yordamida issiq suv yoki bug’ ishlab chiqariladi.
GTKlarda suyuq, gazsimon, qattiq yoqilg’i ishlatilishi va ishchi gazning tarkibi turlicha bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |