8-3. Bug’-gaz qurilmalarining umumiy tarifi.
Bug’-gaz qurilmalari (BGK)ni bug’ turbinali qurilmalar bilan gaz turbinali qurilmalarni birlashtirish yo’li bilan uzatiladi.
Birlashgan qurilmaning FIKining o’sishiga bug’ tsikl ustiga yuqori haroratli gaz tsiklini qurish va chiqib ketuvchi gazlar bilan issiqlikning solishtirma yo’qotilishlarini kamaytirish hisobiga erishiladi.
FIKining oshishi bug’ tsikli ustiga gaz tsiklini qurish hisobiga erishiladi. GTK dan chiqib ketuvchi gazlarning issiqligini BTK da taminlash suvini isitish uchun ishlatiladi.
Gaz va bug’ tsikllari yagona manbadan issiqlik oladigan BGK ning sxemasi 8-5 rasmda keltirilgan.
Birlashgan BGK dan chiqib ketuvchi gazlarning hajmi gaz tsiklidan chiquvchi gazlar hajmiga taxminan teng. Yoqilg’i ning yonish kamerasida havoning juda kata ortiqlik koeffitsenti ס`yo.k=5-8 bilan yoqiladi.
BGK ning FIKi uning tarkibiga kirgan GTK va BTK larning alohida ishlagan paytda FIKlaridan yuqori bo’ladi. BTK da tejalgan issiqlik quyidagi tenglikdan aniqlanadi:
Qtex=Nסr(qKES-qסr) (6-2)
bunda: Nסr-Bug’-gaz qurilmasining quvvati, kVt.
qKES-qסr-tegishlicha bug’ turbinali va bug’-gaz qurilmalaridagi solishtirma issiqlik sarflari, kj/kVt. soat.
Bu tsiklda butunlay gaz tsiklidagi qo’rilgan BTK ning sxemasi 6-6 rasmda keltirilgan. Bu sxemada bug’ tsiklining qozoni faqat gaz tsiklidan chiquvchi qizigan gazlarda ishlaydi, unda yoqilg’i yoqilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |