1-MA’RUZA: AMALIY DASTURIY TA’MINOT. AMALIY DASTURLAR
PAKETI BILAN ISHLASH
Reja:
1.
Amaliy dasturiy ta’minot paketlari haqida tushuncha
2.
Amaliy dasturiy ta’minot paketlari tavsifi
3.
Matematik paketlar. Maple dasturi haqida.
Kompyutеrning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy
ta’minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
1. Tizimli dasturiy ta’minot;
2. Amaliy dasturiy ta’minot;
3. Uskunaviy dasturiy ta’minot
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software)
— kompyutеrning va kompyutеr
tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Tizimli dasturlar ta'minoti
deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi.
Operatsion tizim maxsus dastur,
aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining
ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar
tomonidan ishlatilishini
tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida
ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)
— bu aniq bir prеdmеt
soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga
muljallangan dasturlar
majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi,
masalan matn tayyorlash, elektron
jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini
yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi
dasturlar, grafik va video
axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni
ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda
ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining
aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni
ishlab
chikish va bajarish uchun mo'ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT,
xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga
quyidagilar kiradi:
-turli vazifalardagi
amaliy dasturlar paketlari;
-foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir:
-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar;
-elektron jadvallar
-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
-integratsiyalangan
paketlar;
-CASE-texnologiyalar;
-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari.