Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga
ishlov berish uchun mo'ljallangan kompleks vositalardan iborat. Ular ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimlari bilan qaysidir darajada o'xshash, ammo bunda asosiy
urg‘u ma’lumotlarning massivlarini saqlash va ularga qo'llashni ta’minlashga emas,
balki ma’lumotlarni ichki mazmuniga muvofiq ravishda qayta tashkil qilish,
o'zgarish tomonga ko'chgan.
Ekspert tizimlari. Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bo'lgan ma’lumotlarni
tahlil qilish va foydalanuvchilarning so'rovlariga ko'ra, tavsiyalar berishga
mo'ljallangan. Bunday tizimlarni boshlang‘ich ma’lumotlar yaxshi shakllanayotgan
(formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish uchun keng miqyosdagi maxsus
bilimlar talab qilingan hollarda qo'llaniladi. Ekspert tizimlari ishlatiladigan o'ziga
xos sohalarga huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik va kimyo kiradi. Kasallik
belgilarini yig‘indisiga ko'ra, ekspert tizimlarda tashxis qo'yish, dori-darmonlar,
ularning dozasi (miqdori)ni va davolash kursining dasturini belgilashga yordam
beradi. Voqea belgilarining yig‘indisiga ko'ra, huquqiy tizimlar unga huquqiy baho
berish, ayblovchi tomonda bo'lganidek, himoya tomonda ham harakat qilish tartibini
taklif qilishlari mumkin.
HTML muharrirlari (Web-muharrirlari).
Bu
o'zida matn
va
grafik
muharrirlarining xususiyatlarini birlashtiruvchi muharrirlarning alohida toifasidir.
Ular Web hujjatlar (Internetning Web-sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va
tahrir qilishga mo'ljallangan. Web hujjatlar elektron hujjatlar bo'lib, ularni
tayyorlashda Internetdan axborotni qabul qilib olish va uzatish bilan bog‘liq bo'lgan
amallarni bajaruvchi elektron hujjatlardir.
Maple amaliy matematik tizimi haqida Shu amaliy dasturlar paketiga matematik tizimlar va paketlar ham kiradi.
Bunday matematik dasturlarga Maple, Matlab, MatCad kabi matematik dasturlar
mavjud.
Maple 6 tizimida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Ixtiyoriy dasturiy tizimdan foydalanish uchun uning foydalanuvchilar bilan
muloqot muhiti (