qamrab olgan bo’lsa, ularning har biri mustaqil bajariladi. Agar komanda «
;»
belgi
bilan tugasa, u bajarilgandan keyin albatta natija chiqarish maydonida aks ettiriladi
va «
:»
belgi bilan tugasa, komanda bajariladi, lekin natija aks ettirilmaydi.
Ishchi varaqning foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlar kiritiladigan
qismiga
kiritish
maydoni
deyiladi.
Kiritish
maydoniga
Maple
6
ning
komandalarini, operatorlarini va izohlar uchun matn kiritish mumkin. YAngi ishchi
varaq yaratilganda, jimlik qoidasi bo’yicha
Maple 6
ning komanda va operatorlarini
kiritish rejimi o’rnatiladi.
Bu rejimning belgisi
«>»
hisoblanadi. Agar komanda yoki
operator to’g’ri kiritilsa chiqarish maydonida natija qayd qilinadi,
aks holda xatolik
sababi ko’rsatiladi. Kiritish maydonida komandalarni
Maple 6
talqinida yoki
odatdagi matematik yozuv talqinida aks ettirish mumkin.
Buning uchun komandani
kiritishdan oldin, Insert menyusidagi «
Standart Math Input
» komandasini bajarish
yoki kontekstli instrumentlar panelidagi
x-
tugmani bosish kerak.
Natijada ushbu
panelda kiritish maydoni paydo bo’ladi (3 – rasm). «
Enter
» – tugmasi bosilgandan
keyin kiritilayotgan komandaning yozuvi kontekstli
instrumentlar panelining
kiritish maydonida aks ettiriladi, unga mos matematik talqinidagi
yozuv esa odatdagi
kiritish maydonida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: