Paketi bilan ishlash



Yüklə 311,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.09.2023
ölçüsü311,73 Kb.
#149340
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Amaliy dasturiy ta’minot paketlari haqida tushuncha

Grafik muharrirlari.
Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun 
mo'ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr 
muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o'lchamli grafika (3D-muharrirlari)ni 
yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.
Kompyuter grafikasi 3 turga bo’linadi: rastrli, vektorli va fraktal grafika. 
Rastrli grafikada
grafik ob’ektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega 
bo'lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qo'llanadi. 
Bunday yondashuv grafik tasvir ko'plab yarim tonlarga ega bo'lganida va ob’ektni 
tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli to'g‘risidagi 
xabarlarga qaraganda muhimroq bo'lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa 
tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini to'g‘rilash) uchun fotoeffektlar va 
badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. 
Rastrli grafikada
bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va 
har doim ham qulay emas. Ko'pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan 
foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari 
yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo'li 
bilan tugallashni afzal ko'radilar. 
Vektorli grafika 
rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim 
qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas 
chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning 
rangi haqidagi axborotga qaraganda ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan chizmalar va 
grafiklar bilan ishlash uchun xos.

Fraktal grafikada 
tasvirlar matematik formulalar yordamida yaratiladi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Ma’lumotlar bazasi deb jadval 
tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to'plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: 

ma’lumotlar bazasini bo'sh (to'latilmagan) tuzilmasini yaratish

uni to'ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar 
importini taqdim etish; 

ma’lumotlarga yo'llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini 
ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim 
etish. 
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko'pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil 
qilish va ularga ishlov berish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada


ma’lumotlar asosida ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. 
Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida 
joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga 
ega bo'lish ham talab qilinadi. 

Yüklə 311,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin