Bajardi: 304 gurux talabasi Toxirov Baxrom



Yüklə 3,74 Mb.
tarix20.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#146112
gel


Bajardi:304 gurux talabasi Toxirov Baxrom
Gellar
Mustaqil ta'lim
Gellar (lot. gelo — qotyapman) — qattiq moddalarning baʼzi xossalarini namoyon qiluvchi dispers sistemalar bilan suyuq yoki gazsimon muhit. Kolloid zarrachalar yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulalararo kuchlar taʼsiri tufayli ichki strukturalar hosil qilish natijasida oquvchanlik xossasini batamom yoʻqotgan sistema iviq yoki, boshqacha aytganda. gel deb ataladi. G. shakl saklash, mustahkamlik, plastiklik va b. xossalarga ega. Ulardagi bu xossalar turli tabiatli, molekulyararo kuchlar orqali oʻzaro bogʻlangan, dispers faza zarrachalaridan tashkil topgan struktura hosil qiluvchi turlarning mavjudligi sababli vujudga keladi. 
Gel hosil boʻlganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat oʻzgarmay qoladi. Baʼzi gellarning tarkibida dispers faza juda oz miqdorda (1—2% gacha) boʻladi. Tarkibida suyuklik koʻp boʻlgan ana shunday gellar liogellar deb ataladi. Ular yuqori molekulyar modda eritmalarining ivishidan hosil boʻladi. Bular katoriga kisel, qatiq va b. kiradi. Quruq holatda olingan, tarkibida suyuqlik oz boʻlgan yuqori polimer moddalar ham gellardir. Ular qatoriga duradgorlik yelimi, kraxmal, kauchuk va b. kiradi. Tarkibida suyuqlik oz boʻlgan ana shunday quruq gellar kserogellar deb ataladi. Koʻpincha, koagulyatsiya yoki "tuzlanish" hodisalari natijasida ham gellar hosil boʻladi. Ular koagellar deyiladi. Suyuqlikka solinganda boʻkib oʻz hajmini oshiradigan kserogellar elastik gellar, bu-kilmaydiganlari esa moʻrt gellar deb ataladi. 
Jelatin, kauchuk elastik gellar, silikat kislota, temir (III)-gidroksid, ammoniy gidroksid gellar moʻrt gellardir. Struktura hosil qilgan sistema (gel)ning struktura hosil qilmagan sistema (zol)ga izotermik aylanishi tiksotropiya deb ataladi. Tiksotropiya hodisasi katta amaliy ahamiyatga ega. Mas, yerni burgʻilashda burgʻi loy, kvars va b. tog jinslari qavatidan oʻtadi. Suv quyib parmalansa, togʻ jinslari quyuq massaga aylanib burgʻilashni qiyinlashtiradi. Agar suv oʻrniga tiksotrop loy eritmasi (mas, bentonit suspenziyasi) ishla-tilsa, u tog jinsi bilan aralashib, tiksotrop sistema hosil qiladi va burgʻilash osonlashadi. Tiksotrop gellar vaqt oʻtishi bilan hajmini kuchaytirib, dispersion muhitni siqib chiqara boshlaydi. Gelning oʻz-oʻzicha ikki qavatga (suyuq eritma va zich gelga) ajralish jarayoni — sinerezis sanoat mollari va oziq-ovqat i. ch. texnologiyasida koʻp uchraydi. G. hosil boʻlishi togʻ-kon ishida, polimer materiallar, katalizatorlar va sorbentlar i. ch.da, farmatsevtika, atir-upa va oziqovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.
Gel hosil bo’lganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat o’zgarmay qoladi. «Gel» atamasi kolloid sistemalarda ishlatiladi. «Iviq» esa polimer eritmalarining ichki strukturalar hosil bo’lishi natijasida o’z oquvchanligini yo’qotgan mahsulotlaridir. Kolloid sistemalarda gelga aylanish va polimer eritmalarining ivish jarayoniga: 1) kolloid zarracha yoki po­limer makromolekulasining shakli va o’lchami; 2) dispers faza va di­spersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat; 3) harorat; 4) vaqt va 5) elektrolit qo’shilishi katta ta‘sir ko’rsatadi.
Gel nima?
Nomidan koʻrinib turibdiki, gel elektroforezi geldan – jelesimon moddadan iborat. DNK boʻlaklarini ajratish uchun qoʻllanadigan gellar koʻpincha quruq, kukunsimon shakldagi agaroza deb nomlangan polisaxariddan tayyorlanadi. Agaroza bufer eritma (ozroq tuz saqlagan suv)da qizdirilsa va sovitilsa, u qattiq konsistensiyali, biroz shilimshiq gel hosil qiladi. Molekulyar darajada olganda, gel – bu vodorod bogʻlari bilan bogʻlangan va mayda poralarni hosil qilgan agaroza molekulalarining yigʻindisi.
Gelning bir qismida quduqlar deb nomlanadigan, DNK namunalari joylashtiriladigan choʻntaksimon chuqurchalar mavjud boʻladi:
DNK namunalari qoʻshilishidan oldin gel maxsus gel qutisiga joylashtiriladi. Bu qutining bir chekkasida musbat, ikkinchi chekkasida manfiy elektrod joylashtirilgan. Qutining asosiy qismiga elektr zaryadini oʻtkazadigan tuz saqlovchi bufer eritma solinadi. Garchi yuqoridagi rasmda buni koʻrishning iloji boʻlmasa ham, bufer eritma qutiga gelni qoplaydigan darajada quyiladi.
Gelning quduqlar mavjud qismida manfiy elektrodlar joylashtirilgan. Quduqlarsiz qismida (DNK fragmentlari harakatlanadigan tomon) musbat elektrodlar joylashtirilgan.
Ko‘pchilik idish yuvish vositalari bilan yuvilgan idish-tovoqni kamida yetmish marotaba chayqash zarurligini bilishmaydi. Aksariyat holatda vosita tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar idish yuzasida qolib, ovqat bilan inson organizmiga tushadi va bir qancha og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan vositalar kimyogarlar tilida yuzaning faol moddalari (YuFM) deb atalib, ular kationli (KYuFM), anionli (AYuFM), amfoterli (AmfYuFM), neionogenli (NYuFM) larga bo‘linadi. Ushbu kimyoviy birikmalarni idish yuzasidan yuvib tushirish ancha qiyin.
Avvalo idish yuvish geli bilan yuvilganda suv tomchilarida erigan YuFM bo‘ladi. Suv qurigach, mazkur moddalar idish yuzasini qoplaydi. Biz idishga issiq ovqat solganimizda, aynan YuFM ovqatimizga qo‘shiladi va yemak bilan birgalikda organizmimizga kiradi. Har bir oila a’zosi bir yilda 200 grammgacha kimyoviy yuvish vositalarini «yeydi»!
Emulsiyalarning xususiyatlari​
Emulsiyalar odatda bulutli yoki oq ko'rinadi, chunki nur aralash qismdagi komponentlar orasidagi interferon foseptlardan ajraladi. Agar barcha yorug'lik teng ravishda tarqalgan bo'lsa, emulsiya oq ko'rinadi. Suvli emulsiyalar biroz ko'k bo'lishi mumkin, chunki quyuq to'lqin uzunligi nurlari ko'proq tarqalgan. Bunga Tyndall ta'siri deyiladi. Ko'pincha so'qmoqli sutda ko'rinadi. Agar tomchilarning zarracha hajmi 100 nmdan kam bo'lsa (mikroemulsiya yoki nanoemulsiya), aralashmaning yarmigacha bo'lishi mumkin.​
Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin