Бажарди: Abdug`aniyev Текширди: Тошкент-2013 Reja: Kirish



Yüklə 3,19 Mb.
səhifə2/3
tarix06.02.2017
ölçüsü3,19 Mb.
#7817
1   2   3

Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o'zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko'tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to'g'ri keladi. qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o'limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'nalish bo'yicha ta'lim tizimi vujudga keltirilgan: a) «gimnastika»; va b) aqliy yo'nalishdagi barcha madaniyat turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o'rganish. Ozod yunonlarning bolalari 7 yoshdan boshlab boshlang'ich maktabga borganlar . Badavlat xalq kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha bolalar gimnaziyalarda o'qishni davom ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so'zlashga o'rgatilgan. Ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she'rlarini va dostonlarini yod olganlar. Yunonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o'qimishli deb hisoblamaganlar.Bolalar ulg'aya borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug'ullanganlar. Shu tariqa,ularni vatan himoyachilari sifatida tayyorlangan.

Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo'linadi:


1)Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar).
2)Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar);
3)Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar);
4)Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar);
5)Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar).
Egey madaniyatini ko'pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Bu3ning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.Eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning boshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. Shaharlarning tutgan o'rnini hisobga olinib, ba'zida ularni «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg'ulot qishloq xo'jaligi bo'lib, bunda don, uzum, zaytun yetishtirilgan. Xo'jalikda chorvachilik, xunarmandchilik va savdo ham muhim o'rin tutgan.
XI-IX asrlarning Gomer asri deb atalishi sababi shuki, bu davrni yoritib beruvchi asosiy manba Gomerning «Odisseya», «Illiada» dostonlari bo'lgan. Bu davrda davlatchilik, shahar – saroy turmush madaniyati va yozuv yo'q bo'lib boradi, mehnat qurollarini temirdan yasashga o'tilishi natijasida mehnat unumdorligi ancha o'sadi, dehqonchilik va chorvachilik rivoj topadi.Savdo-sotiqda esa ayirboshlash vositasi qoramollar hisoblangan. Arxaik davrga xos xususiyatlari shundani boratki ki, Yunonistonda uch asr davomida qishloqdanshaharga,urug'-qabilachilik, urug’chilik patriarxatning munosabatlaridan klassik qulchilik bosqichiga o'tish uchun zamin yaratildi.
«Gretsiya mo''jizasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er.avv. V-IV asrlar) qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab eng yuqori cho'qqiga chiqdi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g'alabaga erishgach, iqtisodiyot, savdo keng rivojlanadi. Afina O'rta Yer dengizida eng katta savdo markaziga aylanadi. Afina, Misr, Karfagen, Krit, Suriya, Finikiyaliklar bilan savdo aloqalarini olib boradi.Xuddi shu davrlarda «Tarix fanining otasi» Gerodot (er.avv. 490-430 yy), atom nazariyasining asoschisi Demokrit (er.avv. 460- 370 yy), mashhur tabib, 72 ta kitob muallifi Gippokrat (er.avv. 460-375 yy) kabi mashhur olimlar yashab ijod qilganlar.Taniqli arxitektura inshootlari ichida dunyoning yetti mo''jizasidan biri Efesdagi Artemida ibodatxonasi bo'lib, unga yovuzlik timsoli bo'lmish Gerostrat tomonidan o't qo'yilgan edi. qayta tiklangan ibodatxona qurilishida haykaltaroshlar Praksitel va Skopaslar tomonidan ishlangan 127 ta ustun ajoyib haykallar va rasmlar aks ettirilgan edi.
Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr1 sohasida tragediya, komediya janrlarining paydo bo'lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon teatri qishloq xo'jaligi xomiysi bo'lgan Dionis sharafiga o'tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida vujudga kelgan. Dionis bayramlari toklar, daraxtlar barg chiqargan bahorda va kuzda o'tkazilgan. «Tragediyalar otasi» Esxil (525- 458 yy) 90 dan ortiq tragediya yozgan. Esxil o'z tragediyalarida afsonaviy voqealardan foydalangan bo'lsada, ularda o'z davrining muhim masalalari keng o'rin tutgan.Yana bir buyuk tragediya shoirlaridan biri Sofokl (496-406yy) bo'lib, u 120 dan ortiq tragediyalar yozgan. Ulardan bizgacha yettitasi yetib kelgan, xolos. Afina teatrida dastlab qo'yilgan «Antigona», «Shoh Edip» asarlari unga shon-shuhrat keltirgan.Tragediya janri bilan birgalikda komediya1 janri ham vujudga kelib, rivojlanadi. Komediya janrining otasi Aristofan (450-388 yy) bo'lib, uning asarlari sodda, tushunarli, xalq tilida yozilgan va hayotning muhim masalalari, jumladan, tinchlik muammosi aks ettirilgan. Jumladan, uning «Tinchlik», «Ayollar xalq yig'inida», «Suvoriylar» asarlari o'z davrida mashhur bo'lgan.
Qadimgi Yunon madaniyatining sunggi davri-bu Ellinizm (323-146yy.) dir. Bu davrda madaniyatning ba'zi sohalarida, jumladan, filsafada erishilgan yutuqlar darajasidan pasayish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining boshqa mamlakatlarga, jumladan, O'rta Osiyoga ta'siri kuchayadi. hatto bu jarayon Yunonistonning Rimga qaram bo'lganidan keyin ham davom etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi.Bu davrda arxitektura sohasida ko'plab hashamatli saroylar, kutubxonalar, gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Jumladan, Aleksandriyada 799 ming o'ramli kitoblar turadigan kutubxona qurilgan. Arxitektor Sostratning loyihasi asosida dunyoning yetti mo''jizasidan biri, 120 metr balandlikdagi Aleksandr mayog'i barpo etilgan.Haykaltaroshlik sohasida ellinizm davrida ba'zida yirik shakllardagi haykallar ham yaratilgan. Xususan, Xeros tomonidan yaratilgan quyosh xudosi Gelios haykali, yoxud dunyoning yetti mo''jizasidan biri 36 metr balandlikda bo'lgan Rodos orolidagi Koloss Rodosskiy haykali bunga misoldir (mazkur haykal yer silkinishlari natijasida qulab tushgan). O'sha davrda yaratilgan Afrodita (Venera), Milosskaya va Nika Samosskaya haykallari hozirgacha dunyo madaniyatining noyob durdonalari hisoblanadi.
1.Sodiqlik er.avv. V asrda ibodatxona qurilgan bulib, unda (fuqarolar o'rtasidagi munosabat, askarlarning o'z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks ettirilgandi);
2.Jasorat – o'z ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va'dalarga berilmaslik, sotilmaslik;
3.Shon-shavkat – jasorat uchun taqdirlanish va ulug'lanish;
4. Erkinlik – 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan.
Bularga misollar:
1.Yuniy Brut haydab yuborilgan podsho Tarkviniya tomonidan uyushtirilgan suiqasdda qatnashgani uchun o'z o'g'illarini o'limga hukm qilib o'ldirtirgan.
2. Mutsiy Ssevola – Etrussk podshosi Parsenaning harbiy lageriga josuslik maqsadida borganida qo'lga tushib, o'z irodasining qat'iyligini ko'rsatish uchun o'z qo'lini olovda kuydirgan edi.Rimliklar nisbatan jangovor bo'lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo'llar, turar joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllari yaratilib, bular takomillashtirib borilgan.Rimliklarning dam olishi ham asosan bir xil bo'lgan: hammomlarga borish va u yerdagi mashqlar maydonchalarida bo'lish, falsafiy sohada suhbatlar o'tkazish, kutubxonalarda shug'ulanish yoki basseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo'lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteatri o'zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o'zida 50 ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir- biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o'ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk o'yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 ta ot qo'shilgan ikki g'ildirakli aravalar poygasi mashhur bo'lgan. Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo'lgan:
Saturnaliya – har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o'tkaziladigan bayram bo'lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy farqlarga rioya qilingan. Kambag'allarga sadaqalar berilgan, bir- birlariga o'zaro tuhfalar ulashganlar. Luperkaliya - xudo Favkaga atalib (chorva homiysi), qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog'liq bayram bo'lgan.

II.Bob. Mintaqa madanyati

Markaziy Osiyo madaniyati jaxon madaniyati tarixida muxim o'rin tutadi. Uning o'rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baxo bergan. Xatto Baqtriya, Marg'iyona, Sug'd, Parfiya, Farg'ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati xam jaxonni xayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o'rganish o'n yillar ilgari boshlangan bo'lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o'ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi.Markaziy Osiyomadaniyati G’arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg'unlashtirib ifodalagan xolda o'ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun xam negiz bo'lib qoladi.


I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz xaqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur».Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug'rofiy o'rni va tabiiy vositalariga e'tiborni qaratish lozim bo'ladi. Madaniyatshunoslik xar qanday madaniyatning shakllanishidagi o'ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining axamiyati borligiga aloxida e'tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati turli xilligi bilan katta farq qiladi. Bu yerda serxosil vodiy va voxalar, sersuv daryolar, qaqroq cho'llar, dashtu adirlar, Pamir va Tangritog'ining baland muzofatlari bilan yonma-yon joylashgan. Bunday xususiyat dexqonchilik, chorvador, tog'da yashovchi qabila va xalqlar xo'jalik tarzi va o'ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi.
«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo madaniyatining ikki xususiyati ko'rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning o'zaro ta'sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivilizatsiyalarining boshqa o'choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil kuzatadigan bo'lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari yaqqol namoyon bo'ladi.Markaziy Osiyoning serxosil vodiysi, cho'l va dashti, tog'larida yashovchi axolining turmush sharoitidagi farqlar turli xo'jaliklarning ertaroq paydo bo'lishi o'ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaqin qo'shinchilik munosabatlari asosida sodir bo'lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari tufayli taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi davrlardan dexqonchilik, chorvachilik va tog' ovchi qabilalari o'rtasidagi maxsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiyotida katta axamiyatga ega bo'lib, keyingi davrlarda xam u uzoq saqlanib qoldi. Turmush tarzi va xo'jalik faoliyatidagi farqlanish bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik judayam uyg'unlashib ketganligi qadimgi Yunon va Xitoy manbalarida xam qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy aloqalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo'l qo'ymadi.Natijada qadimgi Sharqning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo Qadimgi madaniyati ajralib, o'ziga xos ko'rinishda shakllanadi. Dastlab, bu madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko'chmanchilik va ibtidoiylik olami xamda sivilizatsiya olami; Bu yerdagi qadimgi madaniyatlarga xos madaniyatlarning o'zaro muloqotiga aks ta'sir ko'rsatgan «o'zining betakrorligi» xaqidagi tasavvur shakllanmoqda.
Markaziy Osiyoning o'troq dexqonchilik va ko'chmanchi xalqlarida ancha-muncha farqlar bo'lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o'rnatilgan. Diniy e'tiqodlar, urf-odatlar, folьklor, axloqiy me'yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi xaqida to'xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar sub madaniyati (Baqtriya, Sug'd, Xorazm, Farg'ona, Marg'iyona), dasht ko'chmanchilari-sak, massaget, da-kochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog' qabilalarning submadaniyati.
Markaziy Osiyo madaniyatining o'ziga xosligining ikkinchi jixati mintaqaning o'ta qulay jug'rofiy o'rnashganligi bilan bog'liq. Mintaqa Mesopotamiya, Xindiston va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq sivilizats4iyasi bilan bevosita chegaradosh bo'lib, ¢arb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati Sharq va ¢arb o'rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo'ldi, ya'ni iqtisodiy soxalarda eng avvalo xalqaro savdoda va madaniy soxalarda xam Markaziy Osiyo ¢arb va Sharq o'rtasida bog'lovchi ko'prik vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orqali buddizm butun dunyoga yoyildi, Xindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko'rinishlari o'tdi, Sharqdan ¢arbga va ¢arbdan Sharqga madaniy boyliklar (bilim, diniy g'oya, kashfiyot, bidiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muxim vositachi bo'lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi boshqa madaniy qadriyatlarini yangilashi, o'zlashtirish maxorati va qayta ishlash kabi jixatlarisiz bo'lmas edi. Bu madaniyat qadimdanoq yangi xodisalarni o'zlashtirish va moslashtirish maxoratiga ega bo'ldi. Garchi, boshqa qadimgi Sharq madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo madaniyatida xam an'analar keng o'rin egallasada, ular aytarli xarakter kasb etmaydi, ya'niki, uzluksiz madaniy yangilanish va taraqqiyot jarayoniga to'siq bo'lmaydi. Shuningdek, an'analarning mustaxkam xukmronligi tarixiy vaziyatga xam to'sqinlik qilganligini ta'kidlash kerak. Mintaqa orqali katta bosqinchilik yurishlari, xalqlarning ko'chishlari yuz bergan bo'lib, bu Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi davomida bir necha bor madaniyatni sezilarli o'zgarishlarga olib keldi.Afsuski, ko'pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining bexisob dalillarini yo'q qildi. Arxeolog qazilma ma'lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug'd va Xorazm madaniyati xaqida bir oz ma'lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo voxasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo voxasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko'ziliqir kabi qadimgi shaxarlarda o'tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko'rsatadi. Bu shaxarlar mudofa devorlari va suv ta'minotidan iborat kuchli istexkom tizimiga ega bo'lib, ichida xunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaxarlarda saroy qoldiqlari qal'alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo'jaligining asosiy soxasi xisoblangan dexqonchilik taraqqiyotining darajasi xaqida ko'p tarmoqli sug'orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu xaqda Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, Baqtriyaning yirik shaxarlari, ko'p sonli axolisi xaqida Baqtriya shoxi Oksartning afsonaviy boyligi xaqida Kgesiy Knidskiy (Mil. avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.

Ko'chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi xaqida mashxur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (mil. av. V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning xarbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi) da oltindan bezak sifatida, misdan qurol va sovut uchun keng foydalanishini ta'kidlaydi. Gerodatning yozishicha, massagetlar yagona ma'bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar.Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati xaqidagi bilimlarning bebaxo manbasi «Avesto» xisoblangan. «Avesto» so'zining mazmuni umumiy izoxga ega emas., ko'pincha «Asosiy matn» sifatida tarjima qilinadi. «Avesto» dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo'lgan zardo'shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima xisoblanib, payg'ambar Zardo'sht to'planganlarga undan va'z o'qigan. Uning xayoti davri mil. av. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa matnlarining to'planishi ko'p asrlar davomida amalga oshirilgan. «Avesto»ning eng qadimgi matnlari mil. av. II- minginchi yillarga taaluqli, «Avesto»ning millodiy VII asrga tegishli bo'lgan to'plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo'lib, unda o'sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardo'shtiylik an'analariga ko'ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug'lik xudosi Axuramazdaning Zaratujtraga vaxiysi xisoblanadi. Biroq, unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning keng tarqalishi, qaxramonlik epik rivoyatlaridan parchalar xam tasvirlanadi. Shuningdek diniy yo'l-yo'riq «payg'ambar davridan» keyin zardo'shtiylikning rivojlangan «e'tiqod ramzi» yuzaga keldi. xozirgacha «Avesto»ning ayrim qismilari, 4 kitobi saqlanib qolgan:


1.Videvdat- «Devlarga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan zardo'sht va Axuramazda o'rtasida suxbat, yo'l-yo'riq va ko'rsatmalar mazmunida bo'lib, zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytarish xaqida.
2. Visprat- «xamma xukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to'plangan.
3. Yasna- «Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig'inish va murojaatdan iborat. Yasnadagi «Tot»lar nomli 17 bob zardo'shtning muqaddas qo'shiqlaridir.
4.Yasht- «Qadrlash», «Xamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar xaqida. Bundan tashqari, «Avesto» majmuiga «Kichik Avesto» xam mansub, u avesto tilida yozilgan bo'lib, ibodat kalimalari joylashgan.
Ko'pchilik olimlar Zardo'sht yuksak axloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi xaq payg'ambar ekanligini taьkidlaydilar. Zardo'sht ta'limotiga muvofiq barcha quruqlikning o'zgarmas ibtidosi Arta bo'lib, «Avesto»da xaqiqat, olov rux deyiladi. Axuramazda tartibni saqlovchi osmon xudosi yorug'lik va ezgulik xisoblangan (oxura-xo'shayish, ega; mazda-idrokli, bilimdon). Axuramazdaning o'g'li -Atar (olov), uning vatani bulutlardek qurigan suvlar, uning makoni-xududsiz yog'du. Oxuramazda 6 ta ruxni- yordamchilarni yaratdi (amesha spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, layoqatli qudrat, olijanob mo'minlik, sog'lomlik va boqiylik. Unga Axrimaning zulmat qo'shini-devlar, urushlar timsoli, ochlik, kassallik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam va barcha insoniyat xayotining asosida ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi azaliy kurash yotadi.
Zardusht ta'limotining ulug'ligi shundaki, u xar bir kishiga tanlash imkonini beradi. Xar kim xam Yovuzlikni yo'q etish va Ezgulikning xukmron bo'lishida ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha bir xilda tengdir. Shu tariqa yerda ilgari bo'lmagan jannat -oltin asr tiklanadi. Unda sovuq, xam jazirama xam, qarilik xam,o'lim xam bo'lmaydi. Yovuzlik bilan kurashda xar bir kishining asosiy qurolli mexnat bo'lgan. Zardo'shtiylik axloqi kishidan kamtarin va xalol mexnatkash dexqonning barcha majburiyatlarini bajarishni talab qilgan (Kim g'alla eksa, u xaqiqat tarqatadi. Videvdat kitobining «Dexqonchilik fazilati xaqida»bobidan). Fikr, so'z va ishda taqvodorlik, ishchanlik, xalollik, xolislik yuksak axloqning asosiy talabalari sifatida ko'tariladi. «Yasna» kitobida zardo'shtiylikning e'tiqod ramzi xaqida deyiladiki: «Qasam ezgu fikrni, ezgu so'zni, ezgu faoliyat majburiyatlarini bajarishni talab qiladi».
Zardushtiylikda birinchi bo'lib esxatalogik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq jaxon tarixi 512 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining xal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo'q qiladi, biroq xaloskor Saoshьyant xalok bo'lgan dunyoni va barcha marxumlarni tiriltiradi, barcha gunoxkorlarni do'zaxdan chiqarib Oxurumazdaning ideal xukmronligida abadiy xayot kechiradi. Shu tariqa zardo'shtiylikda birinchi bo'lib oxiratdagi jazo, marxumlarning tirilishi so'roq kuni g'oyasi shakllanadi. Bu g'oyalar Doro I ning Bexustun yozuvida va Kserksning Persepoldagi yozuvida xam qayd qilinadi. Zardo'shtiylik Markaziy va Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida xukmron din bo'lib keldi va shubxasiz, bu din xristianlik va islom kabi jaxon dinlarining shakllanishida katta o'rin tutdi. Ilmiy-tarixiy, amaliy-didaktik qimmatga ega bo'lgan, ushbu yilda 2700 yilligi nishonlanadigan buyuk merosimiz «Avesto»ning butun ma'no moxiyati Inson taqdiri, uning Istiqboliga qaratilgan. Jumladan, Tangriga iltijo va murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga, sog'lom, aql-xushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o'g'il-qizlarga, uzoqni ko'ra biladigan, yurtni balo-qazolardan ximoya eta oladigan o'g'lonlar, yaxshi kelajak, porloq xayotni ravshan ko'z bilan ko'ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar bo'lsin. .
Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatining mustaqil rivojlanishi Eron axmoniylari tomonidan birinchi yirik bosqinchilik tufayli to'xtab qoldi. Sug'd, Baqtriya, Xorazm mil. av. VI-IV asrlarda Axmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu imperiya tarkibiga kirishi, yagona boshqaruv, qonunchilik, pul tizimining o'rnatilishi, oromiy yozuvning umum davlat miqiyosda qo'llanilishi. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Axmoniylar davrida xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoitning vujudga kelishi Markaziy Osiyo shaxarlarining taraqqiyotiga muayyan imkoniyat yaratdi. Axmoniylar xukmronligida mamlakatlarga sayyoxlar va olimlar borishi mumkin bo'ldi. Xuddi shu davrda Sharq mamlakatlariga Gerodot, Demokrit va boshqalar sayoxat qilgan. Axmoniylar imperiyasidagi yirik shaxarlar- Suza, Persepol, Memfis, Nippur, Bobilda turli joylardan xususan, Xorazm, Baqtriya, Sug'ddan chiqqan kishilar, saklarning xarbiy axolisi yashagan.O'z navbatda mil. av. V asrda Oks daryosining o'ng soxilida Miletlik Yunonlarning manzilgoxi tashkil topadi. Shu tariqa Axmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, xindlar bilan yaqin munosabatda bo'lish, madaniyatining xam o'zaro ta'siriga imkon yaratdi.
Axmoniylar imperiyasi madaniyati xam ko'pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e'tiqodlar, san'at yutuqlarining sintezi xisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari xam o'zining xissasini qo'shgan. Zardo'shtiylik Axmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga ¢arbga xam keng yoyila boshladi. Axmoniylar san'atining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan 6ko'plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug'dan lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning Janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, xazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jixozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita kurg'iy shakli tushirilgan bilakuzuk xamda dashtliklarga xos «Xayvon shakli» bitilgan jixozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o'zaro ta'siri jarayoni esa o'z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.Axmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo yerlari yunon-makedonlar tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Axmoniylar saltanatini yemirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan sug'd madaniyatini aylantirdi. Illo, Aleksandr Makduniy sipoxilariga xech yerda Markaziy Osiyodagidek qarshilik ko'rsatilmagan bo'lsa kerak. Ozodlik xarakatini beshavqat maxv etgan Makduniy yerli axolining ko'magiga muxtojligini seza boshladi. Vaqt o'tishi bilan u ongli tarzda barcha etnik to'siqlarni olib tashlashga, o'z Saltanati xududida turli xarqlarni qorishib ketishi xamda yagona madaniyat va til birligini qaror topdirishga urindi. Shu maqsadda Maqduniy o'z saroyida Sharq udumlari va liboslarini joriy etdi, turli etnik gurux vakillarining nikoxlarini keng yo'lga qo'ydi, o'z armiyasiga Baqtriyalik va sug'dlik qismlarni kiritdi, 30 mingdan ortiq o'g'il-bolalarga yunoncha tarbiya berishga xukm etdi. Shunday qilib Aleksandr Maqduniy Markaziy Osiyo madaniyatining ellinlashtirishni boshlab berdi. Ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaqil bo'lgan Parfiya va Yunon-baqtriyada o'zining yuqori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-Baqtriya davlatida yunonlar va maxaliy madaniyatlarning sintezi qisqa vaqtda o'zining ijobiy natijalarini berdi, shaxarlar soni tez suratda o'sdi, dexqonchilik, chorvachilik, ayniqsa xunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaqasi Buyuk ipak yo'li bo'ylab o'tgan xalqaro savdoning markazi sifatida o'ta muxim o'rin tutadi. Diodotdan Galpokigacha bo'lga yunon-Baqtriya podsholari davrida yuksak badiiy saviyada oltin, kumush va misdan tayyorlangan turli qiymatdagi tangalar (draxma, obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul munosabatlarini o'sishida Baqtriya shoxlarining o'z pullarini zarb qilishi xalqaro savdoning rivojiga ijobiy ta'sir qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan xam ajralib turadi.
Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim. Afg'oniston), Saksanoxur va Taxtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqo'rg'on, Afrosiyob Talibarzi (O'zbekiston) kabi shaxarlar qurildi. Yunon xarbiy manzilgoxlari axolisining turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslublar Yunon-Baqtriya shaxarlarda ochib o'rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiq g'ishtdan tiklangan. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palьmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan xolda ko'rilgan. Maxalliy zodagonlarning ellinistikdidi monumental va ixcham xaykaltaroshlikni rivojlanishiga turtki berdi. Terakt xaykalchalar va turli muxrlardagi obrazlarning miqyosi keng. Unda xosildorlik xudosi Anaxit, yunonlarning bosh va maxalliy xudolari, fantastik va real xayvonlarning timsollari ifodalangan. Xaykaltaroshlik san'ati namunalari kam saqlanib qolganligiga qaramay, zarb etilgan yunon-baqtriya tangalarining orqa tomonida mashxur yunon san'atkorlarining rasmi tushurilganligi bu yerda yunon xaykaltaroshligi ilmi ta'siri kuchli bo'lganligini bildiradi. Taxti Sanginda Oks daryosining xudosi Marsiyaning bronza xayokalchasi qo'yilgan Mexrob topildi. Antik dunyoning Markaziy Osiyoga kirib kelgan xaykaltaroshlik san'ati kushonlar davrida yanada ravnaq topdi.
Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san'ati va musiqani rivojlanganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik akterlar, musiqachi va raqqoslarning guruxlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo'lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan maxalliy axoliga tushunarli bo'lgan. Akterlar sharoit, tomoshabinlarning ruxiyatiga ko'ra matnlarni o'zgartirganlar-musoxaba, xazil-mutoyiba, xajv, xikoya, qo'shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko'zbo'yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muxim elementlari bo'lgan. xukmdorlar xomiylik ko'rsatgan maxalliy akterlar xam shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning –«Masxaraboz» namunasida xammon ellinistik belgilar saqlanib qolgan.
Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko'rsatishi, xar xil yozuvlar tizimi va dinlarning o'zaro singishib ketishida xam ko'rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta xarf qo'shib (ja'mi 25 ta xarf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan zardo'shtiylik xukmron din sifatida saqlansada axolini yunon xudolari timsollarigasig'inish alomatlari paydo bo'lgan. Maxalliy axoli nazarida Olimp xudolarining obrazlari bilan zardo'shtiylik xudolarining timsollari-Zevs va Axuramazda, Appolon, Cheshos va Mitra, Afodita va Apaxit obrazlari uyg'unlashib ketdi. Agar yerli axoli o'rtasida Afina, Gerakl, Nika, Dionis timsollariga sig'inish qanchalik tarqalsa, Yunonistonda mitra, Oksa (Oksho-Amudaryo), Buyuk onaga sig'inish shuncha tarqaldi. Buni Oyxonim, Taxti Sangan manzilgoxlaridan topilgan- tasvir mazmunida yunoncha va maxalliy an'analar ifodalangan man'at yodgorliklarida xam ko'rish mumkin. Yunon-Baqtriya madaniyati odatda Sharq ellinistik madaniyati deb ta'kidlanadi. Agar ellinistik madaniyatga yunon va Sharq madaniyati uyg'unligi xos deb xarakterlansa, markaziy Osiyo madaniyatida maxalliy o'ziga xoslik, Sharqona betakrorlik ustivordir. Ayni shu negizda yunon madaniyati qadriyatlarini o'ziga singdirgan madaniyat asosida keyingi davrlar madaniyati yanada rivojlandi.
Bunda Xorazm madaniyatini aloxida ta'kidlash lozim. Shu mintaqa sug'oriladigan dexqonchilik, shaxar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgoxlardan bo'lib, bu yerda O'zbekiston xududidagi qadimgi (Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (Eramizdan avvalgi IV asrlarda) Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Axmoniylar istilosidan ozod bo'lgan davlat, xorazmiylar Xindiston, Xitoy, Yaqin Sharq va Yevropa Sharqi bilan qizg'in savdo aloqalarini olib borganlar va o'zlarining xunarmandchilik buyumlari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm soxiblari» deb ataganlar.
Kanal, qal'a, ko'pqavatli saroylar, qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab xisob-kitob va o'lchovlarni xam talab qilar edi. (moviy yo'l ko'rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-saxrolardan o'tib bo'lmasdan. Xorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o'zlari foydalangan maxsus taqvim tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufassal tavsiflangan. Uning ma'lumotlarini arxeolog tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa xujjatlar xam tasdiqlaydi. Beruniyning ma'lumotiga ko'ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, ko'pkirilgan qal'ada observatoriyaning qadimiyligi (Er. av. III-II asrlar shubxasizdir. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustaxkam minoraga ega bo'lgan devorlar bilan o'ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavvatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo'lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra Qo'yqurilgan qal'a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgoxi bo'lgan. Binoni noyob qurilish tizimi, xonalarni maqsadga muvofiq joylanishiga ko'ra uni «Xorazm Stounxenji» deb atash mumkin. Xorazm madaniyatining o'ziga xos rivojlanishi keyingi davrlarda xam davom etdi. 2000 yillar muqaddan Markaziy Osiy, Shimoliy Xindiston, Pokiston va Sharqiy Eron va yagona davlat xududini tashkil etgan. Qudratli Kushonlar imperiyasi Orol dengizi bo'ylaridan Xind okeanigacha yastlanib, o'sha davrning boshqa uch buyuk davlati- Rim, Parfiya va Xanlar Xitoyi bilan birga bir qatorda turdi. Kushonlar imperiyasi davri Sharq va Jaxon madaniyati rivojida yangi davrni tashkil etdi. Kushon madaniyatida qadimgi Sharq tipidagi mintaqaviy sivilizatsiya bilan ellinizm madaniyati an'analari, Xindiston ma'naviy xayotining nozik 7qirralari bilan Osiyo kengliklaridagi dashtliklar olib kelgan o'ziga xos uslublar ijodiy uyg'unlashib ketgan edi.
Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dexqonchilik bo'lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug'orish inshoatlari barpo etildi. Xunarmandchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaxarlarni gurkirab rivojlanishiga, g'ishtlardan bino etilgan qal'a va Saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda ¢arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan savdo aloqalari birinchi o'ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida, Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaxarlaridan topilgan. Savdo ko'priklikdagi yo'llar va Xindistonning ¢arbidagi port-dengiz orqali olib borilgan. Bu yo'llardan xilma-xil buyumlar, jumladan Rimga qandolat, qimmatbaxo toshlar, fil suyagi, guruch, zebu-ziynat va jixozlar elitilgan. Xitoydan shox va teri buyumlar, Rimdan to'qimachilik maxsulotlari, kiyimlar, oyna, qimmatbaxo metallar, turli vinolar shu yo'l orqali olib o'tilgan. Rimning ko'p miqdordagi oltin va kumush tangalari aloqaga kiritilgan. o'sha davrdayoq sotiqning ushbu yirik xalqaro arteriyasi «Buyuk ipak yo'li» deb nom oldi.
Madaniy yuksalishning Kushon davri (Er. I-IV asrlari) diniy tizimlarning yonma-yon yashashi bilan xarakterlanadi. Bunga ma'lum ma'noda kushon podsholari, ayniqsa Konishka va Kunishka tomonidan diniy aqidalarga nisbatan sabr-qanoat va ishonch-muruvvat bilan yondoshilganligi imkoniyat yaratdi. Kanishka zarb etdirgan tangalarda indus, zardo'sht, ellinlar xudolarining nomi va tasvirlari tushirilgan. Adolatgo'y Mitra va xosildorlik xudosi Ordoxshi qudratli Vretragna bilan induslarni Shiva, Buddasini, Geshos, Selena, Sfapislarni ko'rish mumkin. Buddizm davlat dini makoniga ega bo'lishiga qaramay, Kushon imperiyasi xududida zardo'shtlik, jaynizm, shivaizm, manixeylik, olimp xudolariga sig'inish keng tarqalgan edi. Buddizmning tarqalishi maxalliy din va san'atlarning tugatilishini anglatmaydi. Bilaks, buddaviylikni Baqtriyadagi ixlosmand targ'ibotchilari budda matnlarini shunchaki o'zlashtirib, uni sanskritdan tarjimasi bilan kifoyalanmay, ularni o'zlariga talqin etdilar, unga qayta ishlov berdilar.Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo-Xitoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgoxini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-baqtriya alfaviti, sug'd va xorazm yozuvi rivojlandi: Surxq Qotalda (Afg'oniston) yunon alfas vitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadan xindlarning Braxma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxandaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo'lyozma (Eram. avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi.Asrimizning boshida Buyuk Xitoy devori minoralaridan birida topilgan «ko'xna so'g'd yozuvi» aloxida qiziqish uyg'otadi. Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo'lib, unda Xitoydagi so'g'd savdogarlarining faoliyati xaqida ma'lumotlar berilgan.
Kushonlar san'ati qo'shni mamlakatlar va xalqlar san'atlariga ta'sir ko'rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy xususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta'sirni tafakkur tarozisidan o'tkazishdir. Xalchayon (Er. avv. I-e.. ni 1 asrlari) –Kushon san'atining ilk yodgorliklaridan biri bo'lib undan topilgan asarlarda ko'proq xukmdor Geroy Sanat ulug'langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o'rin olgan loydan ishlangan xaykallar majmuida xukmdor va a'yonlari tasvirlangan. Xaykal obrazlari ifodali bo'lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko'zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruxdagi qabul marosimi va jang lavxalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning iloxiy xomiylari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Dalvarzintepada topilgan mashxur «shaxzodaning boshi» xamda tuproqqal'a xaykallarida ellinistik an'analarning kuchli ta'siri seziladi. Podsholar zalida esa erkak va ayollarning monumental figuralari qo'yilgan, podsho nayza tutgan jangchilari davrasida, ziyofat va bug'ilar ovi ko'rinishida tasvirlangan.Diniy mazmundagi san'at asarlari o'zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan tasviriy san'at namunalarida qadim ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan. Ko'xna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadagi exromlarini buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu asarlarda Shimoliy-¢arbiy Xindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik qilsada, unda maxalliy san'at ustalarining yunon san'ati an'analari ta'sirida ijod qilganligi sezilib turadi. Baqtriya-Budda uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom shaxridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari bo'lib unda turli etnik tipdagi obrazlar galereyasi berilgan.
Kushon san'ati Kushon imperiyasidan keyin xam ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Xindiston va Xitoylik san'at ustalari va ijodkorlarini ruxlantirib keldi. Kushon san'ati an'analari ifodasi Xindistondagi Gupta davlatiga xos xaykallar, Sug'ddagi bo'rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi.Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti mobaynida o'ziga xos an'ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqa munosabatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga ko'tardi. Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo'lgan Kushonlar madaniyati xududiy va mazmun jixatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o'zida Sharq, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va xind madaniyatlari yutuqlarini o'zida mujassam etib, Sharq va Jaxon xalqlari madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo'ldi.Markaziy Osiyo antik badiiy madaniyatining muxim uslubiy xususiyatini san'atlar sintezi tashkil etgan: xaykaltaroshlik, tasviriy san'at, naqsh bunda umumiy me'morchilik rasamadiga- va uning ritmiga 8bo'ysungan xolda me'morchilik bilan yaxlitda namoyon bo'ladi. Bu sintez Kushonlar davrida xam maxalliy madaniyatda o'z ta'sirini saqlab qoldi.

Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Pokiston va Xindiston xalqlari tarixidagina emas, balki butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida aloxida o'rin egallaydi. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o'ziga xos yangi madaniyat shakllandi, shu bilan birga keyingi asrlar madaniyatining taraqqiyotiga zamin bo'lib xizmat qildi. Sharq va ¢arb madaniyatining o'zaro ta'siri yangi tarixiy bosqichga qadam qo'ydi. Ellin madaniyatining an'analari Kushonlar davrida ijodiy jixatdan qayta shakllandi va yangicha talqin qilina boshladi.Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug'orma dexqonchilik, xunarmandlik, shaxarsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, braxma va kxaroshxi xind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvoxlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o'sha zamon san'ati bilan bezatilishida namoyon bo'ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg'ishroq toshlardan xaykallar o'rnatilgan. Bino ichida g'ishtdan ishlangan «Budda» xaykalining qoldiqlari topilgan. xaykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Xindiston, O'rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o'zaro ta'sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Farg'ona, Sug'd, Parfiyadan topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida xam ko'rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaxarlar qurilishi keng rivojlandi. Shaxarlar qalin devorlar bilan o'ralib, ichida ark va arkning atrofida xar xil binolar qad ko'targan Sopol idishlar nixoyatda nafis va jarangdorligi xamda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san'at keng taraqqiy etgan. Zeb- ziynat buyumlari mexnat va jang qurollari yasash, mato to'qish rivojlangan. Umuman, Kushonlar davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho'qqisi xisoblanib, ma'lum xudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Xind madaniyatlari yutuqlarini o'zida jamlab, qo'llab Sharq xalqlarining o'rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo'ldi va jaxon madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirdi.



Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin