ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ
ТАРИХ ФАКУЛЬТЕТИ “ МИЛЛИЙ ҒОЯ , МАЪНАВИЯТ АСОСЛАРИ ВА ҲУҚУҚ ТАЪЛИМИ “ ЙУНАЛИШИ
МАВЗУ: Jahon madanyati va mintaqa madaniyati
Бажарди: Abdug`aniyev
Текширди:
Тошкент-2013
Reja:
Kirish:
I.Bob.Jahon madanyati
1.1Qadimgi Misr, Mesopatamiya madaniyati.
1.2. Qadimgi Hindiston, Xitoy madaniyati
1.3. Antik Yunoniston va Antik Rim madaniyati
II.Bob. Mintaqa madanyati
2.1. Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari
2.2. Markaziy Osiyo xududidagi ilk shaxarlar madaniyati
2.3. Markaziy Osiyo xalqlarining o’rta asrlarda asrlarda madaniy xayoti.
Xulosa.
Glassary.
Foydalangan adabiyotlar.
“Aziz yurtdoshlar!
Biz bugun uzoq davom etgan g’aflat
uyqusidan uyg’ondik, tariximizni,
madanyatimizni, o’zligimizni tanidik
va tiklay boshladik”.
I.A.Karimov
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbеkiston milliy taraqqiyotning eng ma'suliyatli bosqichi – ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning kеskin burilish davrini boshidan kеchirmoqda. Jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asri ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kеlajak hayotning turli jabhalari rеjasini bеlgilab olish muammosiga duch kеlishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqboli rеjasini tuzib, uning ustuvor yo`nalishlarini bеlgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Arastu o`z vaqtida aytganidеk, har doim va har joyda ezgulikka erishish ikki shartning bajarilishiga:
1. Har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to`g`ri bеlgilashga;
2. Pirovard maqsadga erishish chora-tadbirlarini izlab topishga bog`liqdir.
Ilmiy tilda buni faoliyatning mеtodologik asosini aniqlash va maqsadga еtishish, usul va uslublarini to`g`ri bеlgilash dеyiladi.
«Vatan, millat taqdiri hal bo`ladigan qaltis vaziyatlarda to`g`ri yo`lni tanlay olish uchun avvalo tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kеrak», dеgan edi Islom Karimov. Rеspublika Prеzidеnti ta'lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta'riflaydi: «Ta'lim O`zbеkiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kеlayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi».
Prеzidеntimiz ikkinchi chaqiriq O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining birinchi sеssiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kеlajagidagi maqsad va vazifalarini ko`rsatadi. U o`z nutqida jamiyat rivojining еtti asosiy yo`nalishini birma-bir tavsiyalab, ularning istiqbolga qaratilgan maqsad va vazifalarini bеlgilab bеrdi. Dolzarb masalalar ichida ustuvor yo`nalishlar qatoriga siyosat, davlat qurilishi va iqtisodiyot sohalaridan kеyin ta'lim-tarbiyani qo`ydi va uning maqsadi hamda unga еtishishi chora-tadbirlarini bеlgilab bеrdi. Ta'lim sohasidagi birinchi masala qilib «…milliy qadriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning, ma'naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, uni yangi bosqichga ko`tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir»- dеdi. Prеzidеntimizning Ushbu ko`rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko`rsatayotganlarga, shu jumladan ta'lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchilarga ham, umumiy mеtodologik asos vazifasini o`taydi.
Ma'suliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Rеspublika Oliy Majlisining IX sеssiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi modеli yaratildi. Prеzidеnt tomonidan ilmiy asoslab bеrilgan ta'lim-tarbiya modеlini amaliyotga tatbiq etish o`quv jarayonini tеxnologiyalashtirish bilan uzviy bog`liqdir. Shu boisdan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O`quv-tarbiyaviy jarayonni ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar bilan ta'minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida bеlgilandi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta'lim jarayonidagi sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, ya'ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni еchimini topib ularni amalda kеng qo`llash oliy ta'lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar bеlgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bеvosita o`quv jarayonini yaxshilash, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o`qitishning zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarini amalga joriy qilish, tеxnik vositalaridan kеng foydalanish va shu asosda masofadan o`qitishni kеng joriy qilishdan iboratdir. Madaniyat tarixi- eng yosh fan bu fan barcha o’quv yurtlarida Mustaqillik yillaridan e'tiboran o’qitila boshlandi. Bu jamiyat hayotini ma'naviy sog’lomlashtirish yo’lidagi dastlabki qadamlardan biri bo’ldi. Aslida elimizda madaniy-ma'naviy islohatlar yurtboshimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan 1989 yilning 21 oktyabrida o’zbеk tiliga davlat maqomi bеrilishidan boshlandi. Mustaqillikning to’rtinchi tongida shе'riyat sohibqironi Mir Alishеr Navoiy bobomizga yodgorlikning ochilishi, 1991 yilning 5 sеntyabr kuni Toshkеntning bosh maydonini «Mustaqillik maydoni» dеb nomlanishi qalblarga shuur bahshida etdi.
«Mustaqillik, – dеgan edi I.A. Karimov, – bizni mustabid va mafkuralashgan kishanlardan ozod qildi. O’zbеk xalqiga o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurish, o’z madaniyati va an'analarini, qadr qimmatini, dini va e'tiqodini, ona-tili va ma'naviyatini tiklash imkonini bеrdi». Madaniyatshunoslik quyidagi zaruriyat va omillar bilan bеlg1ilanadi;
Birinchidan, Mustaqillik jamiyatning barcha jabhalarida-ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda jahon tajribasi va milliy o’zlik asosida chuqur islohatlarni amalga oshirishni tabiiy ravishda kun tartibiga qo’ydi. Bu eski ijtimoiy tizimdan yangisiga o’tish dеmak. U esa еngil kеchmaydi. Yoshlar bu jarayonning mohiyatini to’g’ri anglamog’i, ijtimoiy faol bo’lmog’i uchun umuman tariximizni xususan madaniyat tarixini o’rganmog’i, bilmog’i lozim.Ikkinchidan, Mustaqillik biz uchun jahonga yuz ochdi. O’zbеkiston jahonni taniy boshlaganidеk, jahon O’zbеkistonni taniy boshladi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy aloQalar kеngaydi. Yoshlarimiz xorijiy mamlakatlarda tahsil olmoqda, o’zga xalqlar madaniyati, udumi, an'analari bilan tanishmoqda. Bunday sharoitda o’z madaniy-ma'rifiy mеrosini yaxshi bilmaslik kеchirilmas hol. Ular jahonni hayratga solgan ajdodlar mеrosini nafaqat bilishi, unga munosib voris bo’lmoqlari lozim;Uchinchidan, Milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish, g’oyaviy bo’shliqqa yo’l Qo’ymaslik, yoshlarni millat va istiqlol manfaatlariga zid g’oyalar, qarashlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish vazifasi milliy ozodlik g’oyalarini, buyuk mutafakkirlarimizning mеrosi va asarlarini atroflicha bilishni talab etadi. «Millat dardiga darmon bo’lmoq» uchun (Amir Tеmur) «g’oyaga qarshi faqat g’oya, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin»._
Maqsadi: talaba yoshlarda jahon va Vatan madaniyati tarixi bilan bog’liq boy matеriallarni mustaqil tahlil etish tafakkur mustaqilligi, tarixiy ong, asl ziyolilikni shakllanishi, millatimiz mеntalitеtining yuksalishiga yo’naltirish va shunga xizmat qilmog’i lozim. Madaniyat- bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya'ni, jamiyatdagi bilim, mеzon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi.
Vazifasi: Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni alohida ta'kidlab ko`rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya'ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma'naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o`zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to`la huquqli a'zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elеmеntlarning shakllanishi bilan birga sodir bo`ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda to`plangan tajribalarni, an'analar va urf-odatlarni turmush tarzini o`zlashtiradi, ular kеyingi avlodlarga еtkaziladi.
Madaniyat axborotlarni o`zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to`g`risida turli ma'lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o`tib borishini ta'minlaydi.
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya'ni kishilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni bеlgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o`rtasida o`zaro fikr almashuv bilan bog`liq bo`lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o`ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san'at, tеxnika va boshqalarning o`ziga xos tili bo`lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to`laligicha bilib bo`lmaydi.
I.Bob.Jahon madanyati
Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o'simlik dunyosi va yer osti boyliklari ko'p bo'lganligi bois bu yerda moddiy va ma'naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan.
Qadimgi podsholik davrida papirus qog'ozining tayyorlanishi yozma madaniyatni rivojlantirishga olib kelgan bo'lsa, Misrda mis davrida birinchi bo'lib asalarichilikning kashf qilinishi va yoyilishi ham dunyoviy ahamiyatga ega bo'ldi. Shu bilan birga shu davrda dehqonchilik, bog'dorchilik, polizchilik va uzumchilik rivojlangan.
Qadimgi Misr podsholigi davrida yetakchi madaniyat yo'nalishi - bu arxitektura bo'lib, u boshqa madaniyat turlari bilan uyg'unlikda rivojlandi. Birinchi piramida arxitektor Imxotep loyihasi asosida Fiza va Joserga atab Sakkarada (mil. avv. III ming yillikda) qurilgan bo'lib, u buyi 60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxotep birinchi arxitektor bo'libgina qolmay, ayni chog'da olim, yozuvchi, tabib ham edi. Vafotidan keyin unga atab ibodatxona qurilgan. Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to'rt burchakli shaklda bo'lib, uning bo'yi 100 metr edi. Gizadagi firavn Xufu maqbarasi-piramidasi o'zining ulug'vorligi bilan ajralib turadi. Xufu (yunoncha Xeops) maqbarasining bo'yi 150 metr (hozir 146 metr), egallagan joyi 52,900 m2 bo'lib, uning qurilishiga og'irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 mingta tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu piramidasi olamning yetti mo''jizasining biri hisoblanadi. Gizada qurilgan ulkan sfinks (uzunligi 57 metr) Xafra sher surati tarzida bo'lib, o'zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo'lib 80 ga yaqin piramidalar qurilgan. Piramidalar qadimgi Misrning o'ziga xos ramziga aylangan.Piramidalar qurilishi qadimgi Misr uchun juda qimmatga tushgan va Misr iqtisodini izdan chiqaraboshlagan. Shu sababli firavnlar mil.avv. XVII asrdan e'tiboran piramidalar qurishdan voz kechganlar.
O'rta podsholik, yoki boshqacha qilib aytganda klassik davrda qurollar yasashda bronzadan keng foydalana boshlangan. Oyna ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. qadimgi ayniqsa o'rta podsholik davrida matematika sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Jumladan, sanoq tizimi kashf etilgan. Misr yozuvida 1, 10, 100, 1000, 10000, 100000, hatto millionni ham bildiruvchi alohida belgilar bo'lgan. Misr astronomlari yulduzlar, sayyoralar harakatini o'rganib, birinchi yulduzlar osmoni xaritasini tuzganlar. Shunday xaritalar Senmut maqbarasi, Edfu va Dendir ibodatxonalarining shiplarida saqlanib qolgan. Misr astronomlari dunyoda birinchi bo'lib alohida taqvim tuzganlar. Unga ko'ra, bir yil 365 kunni tashkil qilib, u 12 oyga bo'linadi. Har oy 30 kundan iborat bo'lgan qolgan 5 kunni esa bayram qilishgan. qum va suv soatlari ham dastlab Misrda kashf etilgan.
Misrda tibbiyot ham erta rivojlangan. Mil.avv. 3600 yilda Memfisda afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus ibodatxona qurilib, u yerda bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Geliopolis va Sais shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo'lgan. Tibbiyotga bag'ishlangan asarlar yaratilgan. Tabiblar mumiyolash jarayonida inson a'zolarining ichki tuzilishini yaxshi bilganlar. Ular, bemorlarni davolashda terapiya, jarroqlik, ruhiy ta'sir etish usullarini qo'llashgan. Misrda Georg, Zbers, Zdvin, Smit, Brugsha, Zrazistrat, Xerofil kabi mashhur hakimlar shuhrat topgan.Yangi podsholik davri qadimgi Misr tarixida moddiy va ma'naviy rivojlanishning eng cho'qqisi hisoblanadi. Bu davrda misrliklar temirdan foydalanishga o'tganlar, to'qimachilik dastgohini kashf qilingan, yilqichilikni (otlar) o'zlashtirganlar. Chig'iriqni va sharufni kashf etilishi polizchilik va bog'dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan. Xullas, bu davrda mamlakat iqtisodi tez o'sadi. Bu esa jamiyatning boy tabaqasining yanada boyishiga va san'atning rivojlanishiga olib keldi.
Yangipodsholik davrida Misrda firavnTutmos I davridan boshlab «Podsholar vodiysida» firavnlar o'zlariga mahobatli va labirintli maqbaralarni, haykallarni qurdiradilar. Bularga Amenxotep III va Abusimbedagi Ramzus II g'orli maqbaralari haykallari misol bo'la oladi. Ayniqsa, Fivada qurilgan Karnak va Luksor maqbaralari arxitektor Ineni boshchiligida qurilgan bo'lib, bu yirik arxitektura majmui qurilishida baland ustunlar ishlatilgan.Bu davrda ko'p janrli adabiyot ham rivojlanadi. Diniy «Marhumlar kitobi», realizm ruhidagi «Ikki og'a-ini haqida ertak», sevgi haqida «Yurakni rohatlantiruvchi qo'shiq» kabi asarlar yuzaga keldi.Tasviriy san'at va haykaltaroshlikda firavnlarning turmush tarzini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. Haykaltarosh Tutmos tomonidan yaratilgan firavn Exnaton va uning rafiqasi Nefertiti asarlari o'zining betakrorligi, go'zalligi bilan kishilarni hayratga soladi. 1922 yili topilgan Tutatxamon maqbarasidagi (yagona to'la saqlanib qolgan) Misr madaniyatiga taalluqli ko'plab qimmatli yodgorliklar ichida firavnning mashhur oltindan qilingan niqobi ham bor.
Quyi Misr podsholigi davrida Misr inqiroz jarayoniniboshidan kechirdi. Yagona Misr avval ikkiga, so'ngra mayda nomlarga (davlatchalarga) bo'linib ketadi. Misr avval Numibiya, Ossuriya, Eron ta'siriga tushib qoladi va nihoyat, mil.avv. 332 yili Aleksandr Makedonskiy tomonidan egallanadi. Shu bilan Misrning qadimgi davri tugaydi.Qadimgi Misr madaniyatiga kelsak, u hozirgi qadar ham yashab kelmoqda. Bu madaniyat jahon madaniyati rivojiga ham katta hissa qo'shdi. Shuning uchun ham Yunon faylasufi Aflotun Misr madaniyatini «Jami sivilizatsiyalarning onasi»1 deb bejiz aytmagan.Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. 2avv. IV ming yillikda Janubiy Mesopatamiyada kashf qilingan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Masalan, qush so'zi qushning tasviri bilan, suv so'zi uch qator to'lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so'zlarni ham ifoda qilib bo'lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, mixxat yozuvi kashf qilingan.Qadimdan Mesopatamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri, loy lavhalarga yozib, o'ziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxonalarni tashkil qilganlar.
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko'tarilgan. Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik alьmanaxi», «Gilьgamesh haqida doston» bo'lib, unda Gilьgamesh va Enkidularning do'stligi, qahramonliklari va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.Qadimgi davrning eng cho'qqiga chiqqan vaqti podsho Xammurapi (1750-1732 yy) hukmronlik qilgan yillarga to'g'ri keladi. Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o'zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Xammurapi to'plami mixxat yozuvida bazalьt tosh ustuni sathida bitilgan. qonunlar to'plami 282 moddadan iborat bo'lib, u kirish, qonunlar va xulosadan iborat. Kirish qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o'rnatishdan iborat, deb ko'rsatilgan. Unda podsho ulug'lanib, ko'klarga ko'tarilgan. qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o'g'irlasa, u o'ldirilishi lozim; o'g'irlik molni olgan kishi ham o'ldirilishi kerak… Xammurapi qonunlari o'z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisoblanadi. Balandligi 2 m. bazalьt ustunida Xammurapining tik turgan holida kursida o'tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo'lidan hokimiyat belgisi - tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monumentalь asar hamdir.
Yangi Bobilning gullab-yashnashi podshoh Navuxodonosor (605-562 yy) davriga to'g'ri keladi. Uning davrida dunyoning yetti mo'jizasidan biri «Semiramidaning osma bog'lari» qurilgan bo'lib, uni sevgi ramzi deb ham atashadi.Shu davrga mansub «Bobil minorasi» (balandligi 90m.) – zikkurati o'z davrining eng ulkan arxitektura inshooti bo'lgan. Bu minorani Gerodot ko'rib hayron qolgan. Minora to'g'risida Bibliyada ham eslatib o'tiladi.Qadimgi Bobilda matematika, geometriya astronomiya, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarga qiziqish erta boshlangan. Yerlarni o'lchash, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va savdo-sotiq ishlarini yuritish uchun matematika va geometriya kerak bo'lgan. Bobillar son va sanashni bilganlar. 100 va 1000liklar alohida belgi bilan ifoda etganlar, hatto doiraning 3600 ekanligini aniqlaganlar.Mesopatamiyada qadimdan boshlab maktablar vujudga kelgan bo'lib, ularda o'ziga to'q kishilarning farzandlari ta'lim olgan. Maktablarning quyi sinflarida adabiyot, til, grammatika fanlari o'qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya, matematika, geometriya, tibbiyot va veterinariya hamda diniy darslar o'tilgan. Maktablar davlatni boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan.
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud.Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV ming yillik o'rtalariga kelib bu joyda o'ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo'lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo'lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo'lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko'chalar, pishiq va xom g'ishtdan qurilgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. Shaharda pishiq g'ishtdan qurilgan suv tarmog'i va kanalizatsiya ham bo'lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g'ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me'morchilik, to'qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o'zlarining ieroglif yozuvlariga ham ega bo'lgan2. Ikkala shaharda ham yirik g'alla omborlari topilgan bo'lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko'rsatadi. Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi.
Mil. avv. II ming yillik o'rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko'chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor yerlariga kelib o'rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. Oriylar bilan mahalliy xalq o'rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq og'zaki ijodiyoti namunalari bo'lgan «Mahobxarat» va «Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan.Hindlar o'zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo'lganlar. Ularda astronomiya va matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, o'zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og'zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar, gimnlar, qo'shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to'plam tuzilgan. Vedalarda hayot va o'lim masalalari bo'yicha fikr yuritiladi.
Buddizm ta'limoti to'rt haqiqatda o'z ifodasini topgan:
1. Turmush azob-uqubatlardan iborat;
2.Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:
3.Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilaro'zlarining istak va nafslarini tiyishlari kerak;
4.Azob-uqubatlardan halos bo'lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal qilishi kerak.I-VII asrlarda Bombey yaqinida tog'ni o'yib, 24 ta g'or monastirlari va 5 ta ibodatxona qurilishi, ya'ni Ajanta majmuasi dunyo madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san'atning o'ziga xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko'rsatilgan san'at turlarining hammasidan foydalanilgan.
Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) muomalaga chiqarildi3. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko'rsatgan). Dunyoda birinchi bo'lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo'lib, undan bayramlardagi mushakbozlilar foydalanilgan. Artileriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham dastlab Xitoyda yaratilgan.
Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po'sloq va bambuk aralashmasidan qog'oz tayyorlaganlar. qog'oz yog'och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo'lib, u yozish va saqlash uchun qo'lay hisoblangan. qog'ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.
Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko'zlab qurilgan. Devor Leodun qo'ltig'i qirg'og'idagi Shayxayguan shahridan boshlanib, g'arbda Dunьxuan qal'asigagacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 5.000-6.000 km., uning balandligi joyiga qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 metr bo'lib, har 60-100 metrda mustahkam minoralar qurilgan.
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo'liga asos solinishidir. Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. avv. 2600 yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128 yili Xitoy sayyohi-diplomati Chjan-Szyanь tomonidan Buyuk ipak yo'liga asos solinishi katta tarixiy o'zgarish bo'lgan.Buyuk ipak yo'li birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda diplomatiya, diniy va ma'naviy qadriyatlarni tarqalish yo'li ham edi. U Sharq va G’arb sivilizatsiyasini bog'lovchi yo'l bo'lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari vositachilik rolini o'ynaganlar.
Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda uqalash, igna sanchib davolashdan, o'simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan dorilardan, xususan jenьshen, kiyik shohidan olinadigan panti, choy va boshqa dori-darmonlardan keng foydalanganlar. O'sha davrdayoq Xitoy tibbiyotida mingdan ortiq dorilar bo'lgan. qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo'lgan. Van Shu tibbiyotga oid «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar yozganlar.Bulardan bittasi Konfutsiylik bo'lib, uning asoschisi Kun-szi edi. U mil. avv. 551 yilda zodagon oilada tug'ilgan bo'lib, 15 yoshidan o'zi mutoala qilib ma'lumot olgan. Uning ta'limotida qadimgi urf-odatlar va ularga to'la rioya qilish muhim o'rin tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni gullab-yashnashiga olib keladi deb uqtiriladi. Davlat to'g'risidagi ta'limotda «… agar podsho haqiqiy podsho o'rnida bo'lsa, fuqarolar-fuqaro o'rnida, ota-ota, ona-ona o'rnida, bola-bola o'rnida bo'lsagina davlat gullab-yashnaydi» deyiladi. Agar davlat o'z nomiga munosib bo'lsa, unda yetarlicha oziq-ovqat, yetarlicha qo'shinlar bo'lishi va unga ishonch bo'lishi zarurligi ko'rsatiladi.Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 145-90 yillarda yashagan Sim Syan mashhur bo'lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy xotiralar» asarini yozgan. Unda Xitoyning eng qadimgi davridan II asrgacha bo'lgan davri yoritilgan. Milodning 32-92 yillarida yashagan Ban Gu o'zining «Xan podsholigi tarixi» asarini yozgan.Qadimgi Xitoyning kulolchilik maxsulotlari, ayniqsa chinni buyumlar hozirgacha o'zining nafisligi, betakrorligi, pishiqligi bilan ajralib turadi. Ularda ishlatilgan rang,tanlangan.
Dostları ilə paylaş: |