Xulosa
Xulosamning mazmuni shundan iboratki Jaxon va mintaqa madanyati mamlakatlar tarixida sivilzatsiya o’choqlarining tarixini o’rganishda katta ro’l o’ynaydi . Masalan jahon madanyatlaridan Mesapotamiya madanyatini olaylik ularning katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. avv. IV ming yillikda Janubiy Mesopatamiyada kashf qilingan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Masalan, qush so'zi qushning tasviri bilan, suv so'zi uch qator to'lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so'zlarni ham ifoda qilib bo'lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, mixxat yozuvi kashf qilingan.Qadimdan Mesopatamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri, loy lavhalarga yozib, o'ziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxonalarni tashkil qilganlar.
Misr madanyatida esa o’zining yetakchi madaniyat yo'nalishi - bu arxitektura bo'lib, u boshqa madaniyat turlari bilan uyg'unlikda rivojlandi. Birinchi piramida arxitektor Imxotep loyihasi asosida Fiza va Joserga atab Sakkarada (mil. avv. III ming yillikda) qurilgan bo'lib, u buyi 60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxotep birinchi arxitektor bo'libgina qolmay, ayni chog'da olim, yozuvchi, tabib ham edi. Vafotidan keyin unga atab ibodatxona qurilgan. Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to'rt burchakli shaklda bo'lib, uning bo'yi 100 metr edi. Gizadagi firavn Xufu maqbarasi-piramidasi o'zining ulug'vorligi bilan ajralib turadi. Xufu (yunoncha Xeops) maqbarasining bo'yi 150 metr (hozir 146 metr), egallagan joyi 52,900 m2 bo'lib, uning qurilishiga og'irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 mingta tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu piramidasi olamning yetti mo''jizasining biri hisoblanadi. Gizada qurilgan ulkan sfinks (uzunligi 57 metr) Xafra sher surati tarzida bo'lib, o'zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo'lib 80 ga yaqin piramidalar qurilgan. Piramidalar qadimgi Misrning o'ziga xos ramziga aylangan.Piramidalar qurilishi qadimgi Misr uchun juda qimmatga tushgan va Misr iqtisodini izdan chiqaraboshlagan. Shu sababli firavnlar mil.avv. XVII asrdan e'tiboran piramidalar qurishdan voz kechganlar chunki piramidalar o’z salohiyati bilan yetakchi o’rinda turgan.
Mintaqamiz madanyatining jahon madanyati tarixida muxim o’rintutgan.Uning o'rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baxo bergan. Xatto Baqtriya, Marg'iyona, Sug'd, Parfiya, Farg'ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati xam jaxonni xayratga solmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o'rganish o'n yillar ilgari boshlangan bo'lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o'ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirdi.Markaziy Osiyomadaniyati G’arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg'unlashtirib ifodalagan xolda o'ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun xam negiz bo'lib qoladi.
I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz xaqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur».Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini belgilashda dastavval, uning jug'rofiy o'rni va tabiiy vositalariga e'tiborni qaratish lozim bo'lgan.Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu xaqda Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, Baqtriyaning yirik shaxarlari, ko'p sonli axolisi xaqida Baqtriya shoxi Oksartning afsonaviy boyligi xaqida Kgesiy Knidskiy (Mil. avv. V-IV asrlar) yozib qoldirgan.
Ko'chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi xaqida mashxur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (mil. av. V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning xarbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi) da oltindan bezak sifatida, misdan qurol va sovut uchun keng foydalanishini ta'kidlaydi. Gerodatning yozishicha, massagetlar yagona ma'bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar.Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati xaqidagi bilimlarning bebaxo manbasi «Avesto» xisoblangan. «Avesto» so'zining mazmuni umumiy izoxga ega emas., ko'pincha «Asosiy matn» sifatida tarjima qilinadi. Madanyatning ikki shakli bo’lgani kabi “Avesto” o’zining manaviy saohiyati bilan katta o’rin tutadi.
Gllassary:
Madaniyat- Култура- Culture
Piramida- Пирамида- Pyramid
Yozuv- Писмо- Insereption
Shahar- Город- Town
Mamlakat- Гасударства- Country
San’at- Исскуство- Art
Arxitektura-Архитектура-Architect
Adolat- Право- Justice
Minora- Минара- Minaret
Ibodatxona- Церков- Temple
Kompas- Компос- Compas
Qal’a- Крепост- Castle
Xalq- Народ- People
Teatr- Театр- Theatre
Sivilzatsiya- Цивилизация-Civilizatsion
Din- Религия- Religion
Qadrayt- Чест- Volue
Raqs- Танца -Dance
Komil inson - Perfect human
Ma’naviy barkamol -Spirtual generation
Sog’lom avlod –Healthy generation
Barkamol avlod -Harmoniously generation
Ma’naviy-ma’rifiy -Spirtuality
Axloq -Morals,ethics
Insonparvarlik-humanity,mankind
Adolatparvarlik-justice,
Ustoz -teacher
Shogird -learner,student,beginner
Aql -intellect,mind
Meros -heritage,legae
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., 1992.
2.Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. T., 1994.
3.Karimov I.A. Vatan sadjagoh kabi muqaddasdir. T., 1996.
4.Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1996.
5.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. T., 1997.
6.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998.
7.Gulmetova.E,Qobiljonova.T,Madanyatshunoslik o’quv qo’l Toshkеnt – 2007 8. Sh.Z.Shakirova, L.Ilxomjonov,Madanyatshunoslik o’quv qo’llanma.Toshkent-2010-y
9.Ziyo.net
10.Google.uz
Jahon va mintaqa madaniyati yodgorliklari va obidalari:
Mustaqillik yillari va Xonliklardagi hayotdan
Qadimgi Misir yodgorliklari Misrdagi Piramida yodgorligi
Misrdagi Xufu piramidasi
Dostları ilə paylaş: |