Bajardi: aydarbayev eldos tekshirdi: kamalov maqsetboy



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,63 Kb.
#206922
1   2   3   4
eldos (2)

II. Xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari 4. Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni olib borish punktiga yetkazish va uni yukni oluvchiga berish majburiyatini oladi, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi. 5. Yukni tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarining amal qilish vaqtiga yoki taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yuk yetkazib berilishi kechiktirilishi to‘g‘risida sabablari va kechikish vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasida belgi qo‘yiladi. 6. Tashuvchi, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi. Agar yukni jo‘natuvchini tashuvchi tomonidan muhayyo qilingan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda tegishli dalolatnoma tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.

7. Xavfli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan idish (upakovka) tiplari va parametrlari belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda) 8. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan va u tomonidan yukning o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlaydigan muddatda zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi. 9. Tashuvchi, agar quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda yukning saqlanishini ta’minlay olmasa, yukni tashishga qabul qilishni rad etishi mumkin: yuk zarur tarzda bo‘lmagan idishda yoki upakovkada taqdim etilgan; yuk bajarish uchun qabul qilingan buyurtmaga muvofiq emas; yukning taqdim etilgan partiyasi massasi avtotransport vositasining yuk ko‘tarish quvvatidan ortiq; yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘yicha harakat vaqtincha to‘xtatilganligi yoki cheklanganligi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin