Bajardi: aydarbayev eldos tekshirdi: kamalov maqsetboy



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,63 Kb.
#206922
  1   2   3   4
eldos (2)

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI ARXITEKTURA FAKULTETI YO’L HARAKATINI TASHKIL ETISH 3V GURUH TALABASI AYDARBAYE ELDOSNI YO’L HARAKATI XAVFSIZLIGI METADALOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: AVTOMOBIL TRANSPORTIDA XAVFLI YUKLARNI TASHISHDA YO’L HARAKATINI XAVFSIZLIGINI TAMNLASH BO’YICHA QO’SHIMCHA TALAB

BAJARDI: AYDARBAYEV ELDOS

TEKSHIRDI: KAMALOV MAQSETBOY

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XAVFLI YUKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan hamda xavfli yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash, tashish jarayoni qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida tashishga ruxsat berilgan xavfli yuklar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda ular 2011-yil 1-apreldan amalga kiritilsin.

2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga idoraviy qarashli tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishiga doir zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2011-yil 16-fevral, 35-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish QOIDALARI I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Qoidalar shaharlar va aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari, shuningdek umumiy foydalanish uchun yopiq bo‘lmagan xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘ylab xavfli yuklar va xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari kimga tegishliligidan qat’i nazar, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini belgilaydi va yukni jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar)ga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar uchun majburiydir hamda tashish jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek xavfli yuklarni tashishga qo‘yiladigan talablarni, harakat xavfsizligini, yuklarning saqlanishini ta’minlash shartlarini va xavfli yuklarni sifatli tashishning boshqa me’yorlarini belgilaydi. Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish shartlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalar va ushbu Qoidalar bilan belgilanadi.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin