Bajardi: Babojonova Mahbuba (Tayyorlov guruhi) Mavzu



Yüklə 99,7 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü99,7 Kb.
#189079
2 Babojonova Mahbuba Matematikaga o\'rgatish


Bajardi: Babojonova Mahbuba

(Tayyorlov guruhi)
Mavzu: "Qalin-yupqa" " uzun-qisqa" narsalarning o'lchamini aniqlashga o'rgatishni davom ettirish mashg'ulot ishlanmasi
Maqsad: Bolalarni narsalarning hajmi haqidagi fikrlarini shakllantirish. “Uzun- qisqa” “Qalin-yupqa” haqida tasavvurlarga ega bo’lish.Bolalarni tashkilotchilik imkoniyatlarini rivojlantirish, ishni rejalashtirishga, o’rtoqlari bilan ishlashga o’rgatish, do’stona munosabatni tarbiyalash.
Kutilayotgan natija:
Bolalar “Uzun- qisqa” “Qalin-yupqa” ya’ni narsalarning o’lchami haqida bilimga ega bo’ladi.
Foydalaniladigan usullar:
1.Tushuntirish
2.Savol-javob
3.Guruhiy ish
4.Amaliy ish
5.Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yin
Kerakli jihozlar: Rasmlarto‘plami, rangli qog‘ozlar, tashlandiq materiallardan chinor yong‘og‘i rangli qalam , gugurt choplar va sanoq cho’plar.
Mahg‘ulotning borishi:
O’yin qoidasi: Bolalar doira bo‘lib turadilar, bir bola boshlovchi bo‘ladi, qo‘lida sehrli tayoqcha bo‘ladi. Boshlovchi sehrli tayoqchani qaysi bolaga tekkizsa ana shu bola muzlab qoladi. Bolalar muzdan tushishlari uchun boshlovchiga iliq, sehrli so‘zlar aytishi kerak bo‘ladi. O‘yin uch-to’rt marta takrorlanadi.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar qanday xonamizda nimalar bor?
Bolalar javobi: Stol, Sutul, o’yinchoqlar
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri. Durdonaxon mana bu stolning uzizni qaysi ekanligini menga ko’rsatingchi?
Bolalar javobi: stolni ko’rsatadi va izoh beradi. Shu tartibda boshqo buyumlar bilan ularning o’lchamini aytishadi va izoh berishadi. Tarbiyachi o’quvchilar fikrini to’ldirib boradi. Shu tariqa barcha bolalar o’yinda ishtirok etishadi.
Tarbiyachi: Bolalar bu kitob qalinmi yoki bunisimi?
Bolalar javobi: Bunisi
Tarbiyachi:To‘g‘ri
Tarbiyachi: Juda ham to‘g‘ri chunki bu kitobning varaqlari ko’p, bunisinikini esa oz. shu uchun ham bi qalin deyiladi. .Hammamiz birgalikda aytamiz qalin.
Tarbiyachi kitobni qo‘li bilan ko‘rsatib, bolalarga ham qo’li bilan ushlab ko’rishni taklif qiladi.
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan matematika,tasviriy faoliyat va qurish-yasash markazlarida faoliyat olib boramiz.
Tasviriy faoliyat markazidagi bolalar 2 ta daraxt rasmini bitta vatmin qog’ozga jamoa bo’lib rasm chizadilar.



Matematika markazida ishlovchi bolalar karton ustiga tashlandiq materiallardan va rangli kartonlardan 2ta daraxt yasaydilar bitasi uzun bittasi qisqa, va bittasining tanasi qalin bittasiniki yupqa. Har bir guruh o‘zlari bajargan ishlarini o‘z o‘rtoqlari oldida izohlab beradi.
Guruhlar uchta nominatsiya bo‘yicha baholanadi va bolalar rag‘batlantiriladi.
Mashg‘ulot so‘ngida bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yinlar o‘tkazamiz
Tarbiyachi: Bolajonlar chiniqish vaqti.
Bolalar: O’rnidan turib harakatlar bilan she’r aytishadi.
Tulkivoyga bir dona,
Chumchuqchaga ham bitta.
Ayiqchaga bir dona,
Quyonchaga ham bitta.
O‘yin"Boshqotirma"
Doskada "Filcha va Ayiqcha"rasmi ilib qo‘yilgan.Bolalar oldida "Filcha va Ayiqcha"ning tana qismi bo‘laklarga bo‘lingan holda.Bolalar hayvonlar bo‘lagini doskadagi asliga qarab o‘rnini topib joylashtiradi.Tez va to’g‘ri bajargan guruh g‘olib bo‘ladi.
Bolalar ishi ko‘rib chiqiladi va rag‘batlantiriladi.
5-topshiriq.
Qog’ozda rasmlar raqamlangan. Qaysi raqam tagidagi qog’oz meni qo’limdagi rasmdan uzun yoki qisqa
O’yin: “Tarbiyachi aytdi
O’yin qoidasi: Tarbiyachi bolalarga “Tarbiyachi aytdi” jumlasini qo‘shib topshiriqni aytsa, bolalar bu topshiriqni bajaradilar. Agar “Tarbiyachi aytdi” jumlasini aytmasdan topshiriq bersa, bolalar bajarmaydilar. Masalan: “Tarbiyachi aytdi” chapak chalinglar desa, bolalar bajaradilar.
Yüklə 99,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin