Bajardi: Boymirzayev I qabul qildi: Mamatqulova



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/19
tarix29.12.2021
ölçüsü0,95 Mb.
#48802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Boymirzayev Ibrohim .dinshunoslik

Qoshg’ariy boshlang’ich ta’limni otasi Mulla Shoh A’lam Ohundan olgach Qashg’ardagi mashhur madrasada Xomidiydna ta’lim olishni davom ettiradi. U erda arabfors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya, va diniy bilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko’zga ko’ringan olimi darajasiga erishadi. Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan. Manbalarda uning “Tazkira i Azizon” (Tazkirai Xo’jagon), “Zubdat al-masoyil”,“Tazkira-i ashob al-kahf”, “Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi”, “Odob as-solihim”, “Qiyofat al-bashar”, “Risola – i kasbdor”, “Durr al-muzohir” kabi asarlari arab tilidan, “Tarixi Rashidiy” asarini esa fors tilidan turkiyga (uyg’urchaga) tarjima qilgan.

  • Qoshg’ariy boshlang’ich ta’limni otasi Mulla Shoh A’lam Ohundan olgach Qashg’ardagi mashhur madrasada Xomidiydna ta’lim olishni davom ettiradi. U erda arab, fors tillarini, matematika, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya, va diniy bilimlarni mukammal egallab, zamonasining ko’zga ko’ringan olimi darajasiga erishadi. Muhammad Sodiq Qoshg’ariy hayoti davomida katta ilmiy meros qoldirgan. Manbalarda uning “Tazkira i Azizon” (Tazkirai Xo’jagon), “Zubdat al-masoyil”,“Tazkira-i ashob al-kahf”, “Tarixi Iskandar va Tojinoma-i shohi”, “Odob as-solihim”, “Qiyofat al-bashar”, “Risola – i kasbdor”, “Durr al-muzohir” kabi asarlari arab tilidan, “Tarixi Rashidiy” asarini esa fors tilidan turkiyga (uyg’urchaga) tarjima qilgan.

Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455–1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Hirotga keladi va qolgan um-rini asosan Hirotda Temuriylar rahnamoligida oʻtkazadi. Maʼlumki, XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning madaniyat markazi edi. Tarixchi olim Sayyid Nafisiyning aytishicha, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga qilgan safari haqida ham deyarli maʼlumot yoʻq. Husayn Voiz Koshifiyning ikki kizi va bir oʻgʻli boʻlib, oʻgʻli Faxriddin Ali as-Safiy oʻz davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi (“Rashohoti ayn al-hayot” asari bilan mashhur) boʻlib yetishgan. Ali as-Safiyning islom tarixiga, paygʻambarlar hayotiga, adabiyotga, Xoʻja Ahrorga, axloqqa, kimyoga bagʻishlangan oʻndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Hirotda vafot etadi.

Bu Voiz Koshifiy axloqiy taʼlimotining yetakchi gʻoyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator hikoyat va rivoyatlar bilan koʻrsatadi.

Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, saxovat, rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. Koshifiy axlokdi inson deganda, ilm-maʼrifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalb insonni tushungan.

Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” (Husayn Boyqaroning oʻgʻli – Abdulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy oʻz asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari boʻyicha ham oʻz davri uchun muhim fikrlarni olgʻa suradi. U davlatni odilona boshqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida taʼkidlaydi:

 

Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Risolai Hotamiya”, “Anvori Suxayliy”, “Futuvvatnomai Sultoniy”, “Tavsiri Husayniy”, “Javohirnoma” kabi oʻndan ortiq asari arab, tatar, eski oʻzbek, urdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda Koshifiy asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Bangladesh va boshka sharq mamlakatlarining kutubxonalarida saqlanmoqda. Chet mamlakatlarda Koshifiy asarlariga qiziqish XVIII–XIX asrlardayoq kuchli boʻlib, Gʻarbiy Ovroʻponing X. G. Kin, M. Duayt, D. D. Donalson, E. Braun, A. A. Arberri, E. S. Kennedi, E. Rozental, X. Masse, K. S. Lambton, R. Levi, A M. Shasteri kabi mashhur olimlari Markaziy Osiyo va Eronning XIV–XV asrlardagi madaniyati tarixini atroflicha oʻrganishga harakat qilganlar va Koshifiyning ijodi, merosiga yuqori baho berganlar.



Koshifiy ijodini oʻz davrining yirik tarixchisi Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida: “Ul janob nujum ilmida ham zoʻr mahoratga ega edi, chunonchi uning taʼbirlari Qazo oʻqi singari bexatar boʻlardi. Uning balogʻatoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari koʻp va behisob boʻlib, ularning koʻpi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi…” deb taʼriflaydi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarining toʻrtinchi majlisida: “Mavlono Husayn Voiz “Koshifiy” taxallus qilur, Savzavorliqdur. Yigirma yilgʻa yaqin borkim, shahrdadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe boʻlubtur. On fan boʻlgʻaykim, dahli boʻlmagʻay. Xususan vaʼz, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor…” deb yuksak baholagan.

Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, saxovat, rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. Koshifiy axlokdi inson deganda, ilm-maʼrifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalb insonni tushungan.



Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” (Husayn Boyqaroning oʻgʻli – Abdulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy oʻz asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari boʻyicha ham oʻz davri uchun muhim fikrlarni olgʻa suradi

Pravoslav cherkovlari diniy atrubutlari.

  • REJA:
  • 1.PRAVASLAV CHERKOVLARI
  • 2.DINIY ATRUBUTLAR

Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan.Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.

  • Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan.Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.
  • Milodning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi.

Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.

  • Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar.
  • Isoning tarixiy xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristian manbalarida Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilgani, uning hayot tarzi, insonlar bilan muloqoti haqidagi ma’lumotlar qayd etilsa-da, diniy bo’lmagan manbalarda Iso nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxs deb hisoblovchilar ham bor.

Iso nomiga qo’shiluvchi “Masih” so’zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon tilida bu so’z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan.

  • Iso nomiga qo’shiluvchi “Masih” so’zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon tilida bu so’z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i – «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan.
  • Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi apostollar – havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi Ahd» qismini tashkil etadi.

Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.

  • Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.

Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yaьni 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi.

  • Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yaьni 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi.
  • 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini o’zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (o’tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilinganpasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda o’g’il-Xudo va

Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoning ilohiy xususiyatlari va shon shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ’ib qilgan).

  • Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoning ilohiy xususiyatlari va shon shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ’ib qilgan).
  • 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus, mitropolitlarining imtiyozlari to’g’risidagi qoidani ishlab chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bo’lib o’tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, yevnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari ko’rilgan

II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopolь patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi:

II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopolь patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi:

birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida; ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning o’g’li hisoblangan Iisus xristosga imon keltirish haqida; uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so’z yuritilib, unga ko’ra, Iso Xudo bo’la turib, bokira Bibi Maryamdan tug’ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;

to’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida;

  • to’rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o’limi haqida so’z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va o’limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida;
  • beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqida; oltinchi qismda Isoning me’roji haqida;
  • yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida; sakkizinchi qism: Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida; to’qqizinchi qism: cherkovga munosabat haqida;

o’ninchi qismda cho’qintirishning gunohlardan forig’ qilishi haqida; o’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida; o’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.

  • o’ninchi qismda cho’qintirishning gunohlardan forig’ qilishi haqida; o’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida; o’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi.
  • xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta ahamiyat kasb etdi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan

GLOBALLASHUV VA SEKULYARIZATSITA JARAYONLARI

“Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti A.Nurmatovning 2006 yilda “Hurriyat” gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi” nomli maqolasida yozilishicha, “globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi

      • “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti A.Nurmatovning 2006 yilda “Hurriyat” gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi” nomli maqolasida yozilishicha, “globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin