6. Ma’muriy boshqaruv funksiyalari to’g’ri keltirilgan javobni ko’rsating?
A) umumiy, psixologik, sotsiologik funksiyalar
B) umumiy, ijtimoiy-psixologik, texnologik funksiyalar
C) xususiy, pedagogik, liberal, demokratik funksiyalar
D) umumiy, xususiy, texnologik, ijtimoiy-psixologik funksiyalar
7. Maqsadlarni shakllantirish, strategik rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish, rag’batlantirish, nazorat qilish. Ushbu jihatlar ma’muriy boshqaruvning qaysi funksiyalar majmuiga tegishli ekanligini ko’rsating?
A) umumiy funksiyalar B) xususiy funksiyalar
C) ijtimoiy-psixologik funksiyalar D) texnologik funksiyalar
8. Jamoadagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xarakteri bilan bog’langan, vazifa vakolatlar taqsimoti hamda motivatsiyalash jihatlarini o’zida aks ettirgan ma’muriy boshqaruv funksiyasini ko’rsating?
A) umumiy funksiyalar B) xususiy funksiyalar
C) ijtimoiy-psixologik funksiyalar D) texnologik funksiyalar
9. Quyidagi jihatlar qaysi boshqaruv funksiyalari mazmuniga oid: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash.
A) boshqaruvning iqtisodiy funksiyalari
B) boshqaruvning ijtmoiy funksiyalari
C) boshqaruvning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari
D) boshqarishning tashkiliy funksiyalari
10. Boshqarishning iqtisodiy funksiyalari mazmuni to’g’ri keltirilgan javobni belgilang?
A) mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, moddiy rag’batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash.
B) o’zaro aloqalarni o’rnatish va muvofiqlashtirish, barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida mas’uliyatlarni belgilash.
C) mablag’larning doiraviy aylanishini amalga oshirish, ta’lim marketingi xizmatini uyushtirish, xodimlarni moddiy rag’batlantirish.
D) xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: |