Bajardi (F. I. Sh.): Mutaxassisligi va ta’lim olish bosqichi: termiz davlat universiteti ta’lim muassasalari boshqaruvi magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Ta’lim menejmenti asoslari” fanidan test va amaliy topshiriqlar to’plami test


____________________________ ning



Yüklə 97,32 Kb.
səhifə7/9
tarix16.12.2023
ölçüsü97,32 Kb.
#183325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TEST SAVOLLARI DIREKTORLAR UCHUN

3. ____________________________ ning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) ta'lim muassasasi (umumiy o'rta ta'lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o'tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
2) ta'lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini belgilaydi;
3) ta'lim muassasasida o'quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta'lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;
4) ta'lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha yo'1-yo'riqlarni ishlab chiqadi;
5) pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;
6) ta'lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o'z vakolati doirasida me'yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
7) ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog'liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o'qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o'stirish
4. _________________________ ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) ta'lim muassasasida o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta'minlash;
2) ta'lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o'tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
3) ta'lim muassasasi o'quvchilarining sinf, guruh yoki ta'lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg'ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;
4) ta'lim muassasasidagi o’quvchilarning sinf va sinfdan ishlarini nazorat qilish va ularga yo'1-yo'riq ko'rsatish.


5. ___________________ ning faoliyat doirasi keng bo'lib, u tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:
1) ta'lim jarayonining metodik ta'minot holatini o'rganadi, ta'lim
muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
2) ta'lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning
istiqbolini aniqlaydi;
3) yo'nalish va fanlar bo'yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
4) ta'limga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'rganadi, ularni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;
5) ta'lim muassasasi o'quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;
6) o'qituvchilarning g'oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;
7) o'qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo'limlari mazmuni bo'yicha tavsiyalar beradi;
7) ta'lim muassasasi ta'lim jarayonida qo'llash uchun ilg'or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;
8) o'qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga
doir ishlarni amalga oshiradi;
9) davlat ta'lim standartlari talablari, o'quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;
10) tashqi va ichki nazorat natijalariga ko’ra Davlat ta'lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
11) o'quv jarayoniga o'qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kirish, pedagogik kadrlarni metodik jihatdan bilimlarini oshirish maqsadida o'quv seminarlarini tashkil qilish;
12) ta'lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko'rsatmalar berib borish;
13) o'quvchilarbilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkii qilishga doir ko'rsatmalar berish;
14) yo'nalish va fanlar bo'yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
15) o'qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma'naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qilish;
16) pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha materiallarni tayyorlash;
17) ta'lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo'yicha darsdan tashqari ishlar, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko'rik-tanlovlarning o'tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib boradi.



Yüklə 97,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin