Bajardi: Guruh: Tekshirdi



Yüklə 10,81 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü10,81 Kb.
#185027
1   2   3   4
strategik rejalashtirish

Protseduralar. Firmaning siyosati maqsadga erishishning umumiy yondoshuvini belgilaydi. Siyosatga qo’shimcha qilib rahbariyat qo’yilgan masalalarni echishda yordamlashuvchi harakatlar majmuasini ishlab chiqadi. Bu majmua protsedura deb ataladi. Mohiyati bo’yicha protsedurani o’zini dasturlash, berilgan qaror deb, yoki zamonaviy tilda, harakat algoritmi deb atash mumkin.
Qoidalar. Bu ko’rsatmalar faoliyat davomida mahlum vaziyatda nima qilish kerakligini aniq belgilab beradilar. Tashkilot rahbariyati qoidalarni shunday holatlar uchun yaratadiki, ularning bajarilishiga masalalarni aniq hal qilinishiga bog’liq. Qoidani protseduradan farqi shundaki, u bitta aniq masala uchun ishlab chiqiladi.
Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish.
Firmaning strategik rejalarini amalga oshirishni boshqarishda rejani bajarilishini nazorat qilishning byudjet yordamida boshqarish usuli, hamda maqsadlar bo’yicha boshqarish usullaridan foydalaniladi.
Byudjet yordamida boshqarish – bu rejalarni tashkilotning mavjud imkoniyatlari bilan bog’lovchi usul bo’lib, moddiy va moliyaviy resurslar sarfini nazorat qilib turish imkonini beradi.
Strategiya va strukturaning o’zaro mosligini aniqlash va tahminlash.
Harakatchan tashqi muhit sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan har bir tashkilot o’z strategiyasini tanlashda va amalga oshirishda strukturasi imkoniyatlarini hisobga olishi bilan birgalikda, tanlangan strategiyani amalga oshirish uchun strukturani moslashtirish, unga zaruriy o’zgartirishlar kiritishi zarur. Buning uchun boshqaruvning yuqori pog’onasidagi rahbariyat strategiya va tashkilot strukturasining o’zaro mosligini doimiy ravishda taxlil qilib borishi, zaruriy o’zgarishlar kiritib borishi talab qilinadi.
SHuning bilan birgalikda, tashkilot strategiyasini tanlashda uni egiluvchanligiga, o’zgarishlar kiritishga imkon yaratilishiga ehtibor berish kerak.
Ushbu masalalar nafaqat faoliyatini yangidan boshlayotgan tashkilotlar uchun, balki uzoq muddat faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun ham zarurdir.
Xulosa.
Menejmentning ob’ekti-xususiy firma, undagi odamlar, ularning vazifalari va boshqarish tizimi.
Menejmentning predmeti-firmada xo’jalik yuritishning barcha og’onalaridagi boshqarishning qonunlari, tamoyillari va munosabatlarini o’rganadi. Firmaning qismlari orasidagi bog’liqliklar, muhitlar, yechim qabul qilishlarni o’rganish menejmentning predmetidir. Menejmentning maqsadi-firmadagi jarayonlarini o’rganib, firmani samarali jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat ko’rsatishiga yordam berishdir.

Yüklə 10,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin