Fizikaviy xossalari. Glikollar rangsiz, hidsiz moddalar bo‘lib, pastki vakillari suyuqliklar, yuqori vakillari esa qattiq kristall moddalardir. Ikki atomli spirtlar (etilenglikol) zaharli bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Bular suvdan og‘ir bo‘lib, bir atomli spirtlarga nisbatan yuqoriroq haroratda qaynaydi. Masalan, etilenglikol Tqay.=197,2°℃ da, etil spirti esa 78,3°C da qaynaydi.

Gliserin rangsiz, quyuq suyuqlik bo‘lib shirin ma’zaga ega. U oddiy sharoitda 290°C da qaynaydi, solishtirma og‘irligi d204=1,260 Suv va spirtda yaxshi eriydi, efir va xloroformda erimaydi.
Kimyoviy xossalari. Spirtlar kislota va asos xossaga ega emas, shuning uchun ularning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega.Spirtlarning kimyoviy xossasi molekulani tashkil etgan atom va atomlar gruppasining reaksiyaga kirish xususiyatiga bog‘liq. Spirtlar molekulasida reaksiyaga kirishadigan atom va atomlar gruppasini uch gruppaga bo‘lish mumkin: 1. Gidroksil gruppaning vodorod atomi orqali boradigan reaksiyalar. 2. Gidroksil gruppa orqali boradigan reaksiyalar.
. Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reaksiyalar.
. Radikaldagi vodorod atomlari ishtirokida boradigan reaksiyalar.
1. Glikollar bir atomli spirtlarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi. Glikollar bitta gidroksil guruhi hisobiga yoki ikkala gidroksil guruhi hisobiga reaksiyalarga kirishadi.Glikollarda kislotalik xossasi bir atomli spirtlarga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Ular shuning uchun ham og‘ir metallarning gidroksidlari bilan reaksiyaga kirishib rangli kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu ular uchun sifat reaksiyadir.
Mis glikolyati (havorangli kompleks birikma).Bu birikmada mis atomi ortiqcha valentliklari bilan bog‘langan bo‘lib bunday ichki molekulyar (metallar bilan) bog‘lanishli rangli birikmalar xelatlar deyiladi.
2.Glikollar ishqoriy metallar bilan to‘liq va yarim glikolyatlarni hosil qiladi: