3. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at. To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishishga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’lik. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l qo’yadilar: 1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida ruxta sintez bo’lmagani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tiboran chetda qoldiradi. 2. So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yo’l qo’yadi. 3. So’zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi. 4. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi. 5. To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq. 6. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni o’qishga qiynaladilar. Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi: 1. Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish. 2. Matnni o’qishdan oldinuning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning lug’aviy ma’nosini tushuntirish. So’z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash. 3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish. 4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish. 5. Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish. 6. O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni oson, o’rtacha qiynlikda va qiyin o’qiladigan o’rinlarini belgilab olib, unga kuchli yetadigan o’quvvchilarga oldindan taqsimlab berish. 7. O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish. 8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini aniqlash. 9. O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish. 10. Xatchupdan foydalanish. 11. Xato o’qish o’quvchining shaxsiy ko’ruv sezgisiga bog’liq bo’lsa, bu jihatni ham xisobga olish. O’qituvchining tuzilishi murakkab so’zlarni oldindan xat-taxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozib qo’yib, o’quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o’qitish yaxshi natija beradi. O’quvchilar yo’l qo’ygan xato ikki xil yo’l bilan tuzatiladi: 1. O’quvchi so’z oxirdagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, uni o’qishdan to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin. 2. Xato o’qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o’quvchiga o’qigan matni yuzasidan savol berilsa, o’quvchi e’tiborli bo’lib qayta o’qiydi. Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’at matning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matn mazmunini ongli idroq etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi. O’qish sifatlarini eyaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’at normal tezlik hisoblanadi. Chunki o’ta tez ham, sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiynlashtiradi. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yiligida o’qish sur’at 20- 25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi ham 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 so’z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’z; 2-yarim yilligida 40-50 so’z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so’z; 2-yarim yilligida 70- 80 so’z; 4-sinfning 1-yarim yilligida ichida ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishga 90-100 so’z deb belgilangan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bol 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. Natijada u so’zlarni eslab qola olmaydi. Bu 4-sinf o’quvchilarning o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab qoladi. Bu esayuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor. O’qish tezligi to’rt davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy marakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. O’qish san’atini oshirishga tez aytishlari, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan xisoblanadi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarda amalga oshiriladi. Lekin, o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqaradi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi takomillashtrib boradi. Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati xisoblanadi. Ongli o’qish o’qilgan matnning aniq mazmunini asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarni va badiiy vositalarning rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqyea-hodisalarga o’z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o’qish o’z navbatida, o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini, gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. Hozirgi ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan. O’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida qo’llanadi. Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar to’g’ri, me’yorida o’qishni egallangan bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni ongli o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi. Tursunboy Adashboyevning yuqorida keltirilgan she’rlari ongli o’qish uchun namuna bo’la oladi. Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish xisoblanadi. O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar ovoz chiqarib o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga, asar voqyealari va kahramonlarning xatti-harakatiga bildirilgan munosabatiga qarab baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o’xshamaydigan o’qish sifatlaridir. Ifodali o’qish intonasiya – ohang yordamida asarningg’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq yozuvchi niyatiga mosravishda ifodali bilishdir.