Gruppa: 22/1
Bajardi:__________________ Qabul qildi: Olmaliq shahar-2023 Mavzu: “O`qish darslarida lirik she`r o`tish uslubiyoti” Mundarija: I.Kirish II.Asosiy qism. 1. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarini tashkil qilish 2.O’qishning o’ziga xos turlari. 3. To’g’ri o’qish va o’qitish katta san’at. III. Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotla KIRISH Bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutloqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga yetib ulg’ayib qoladi. Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilxomlantirishi zarur.
She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqeahodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.