Ii-modul. Texnologiya darslarini tashkil etish metodikasi mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi



Yüklə 438,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.05.2023
ölçüsü438,46 Kb.
#118320
  1   2   3   4   5
2.1-mavzu...



89 
II-Modul.TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH 
METODIKASI 
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi. 
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon 
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. 
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko„rgazmali qurollar, turli 
o„yinlar uchun qo„llanmalar, o„yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy 
gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi. 
Applikatsiya bilan shug„ullanish o„quvchilarni garmonik rivojlantirishda 
katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi 
tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani 
tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o„stiradi. 
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e‟tibor uning umumiy ko„rinishiga 
qaratilishi kerak. Yaxshi o„ylangan kompozitsiya, ya‟ni tasvirlash lozim bo„lgan 
narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. 
Tasvirlash lozim bo„lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati 
aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg„unligiga erishiladi. Tasvirning barcha 
detallari, hatto eng kichiklari ham qog„ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. 


90 
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya‟ni fonga joylashtiriladi va 
o„ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma‟qul bo„lmasa detallar 
boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun 
ularning o„rnini qalam bilan belgilab qo„yiladi. Misol tariqasida eng oddiy 
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli 
holatlarda joylashtirib ko„ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, 
simmetriya o„qini o„tkazish va elementlarni shunga ko„ra joylashtirish lozim. 
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko„pincha ochiq tondagi qog„oz 
va fon tanlanadi. Applikatsiya mo„ljallangan tasvir va elementlar miqdori 
qog„ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e‟tibor tanlangan 
mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o„lchamlari, ranglarini 
tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko„ra eng katta element asosiy tematik 
element bo„lishi kerak. 
Namuna tariqasida 1-sinf o„quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari 
mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni 
eslaydilar, chamalash ko„nikmalarini sinaydilar va rangli qog„ozdan ingichka oq 
va sariq to„g„ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog„ozdan doira 
qirqsa bo„ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo„lishi mumkin. Novdalar ham 
qo„lda qirqiladi.Suhbatni o„qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda 
sovg„a masalasini eslatib o„tadi. Eng yaxshi sovg„a o„z qo„li bilan yasagan 
sovg„adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz 
haqida bo„lishi mumkin.Shundan keyin namuna ko„rib chiqiladi, uning 
elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi 
belgilanadi. 
1.Tabriknoma uchun rangli qog„oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi; 
2. Ko„k rangdagi qog„ozga to„g„ri burchak chiziladi, uning o„lchami 
uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining 
yarimidan 2 sm atrofida kattaroq; 


91 
3. Ko„k qog„ozdan qirqilgan to„g„ri burchak taklifnomaning ustiga 
yopishtiriladi, bunda ko„k qog„oz taklifnomani bo„yashda halaqit bermasligi 
uchun bukish chizig„ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi; 
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat 
shakldagi qog„ozni kerakli o„lchamda qirqiladi; 
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi; 
6. Och ko„k va jigar rang qog„ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek 
yopishtiriladi; 
7. Gullar qirqib yopishtiriladi. 
Ish ijodiy tarzda bo„lganligi uchun o„quvchilar gullarni shoxlarga o„zlari 
mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o„qituvchi tarqatgan andoza bo„yicha 
qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so„zi 
yoziladi.Mozaika monumental dekorativ sa‟nat turlaridan biridir. Turli davrlarda 
va turli mamlakatlarda mozaika qo„llaniladigan materialiga ko„ra ham, naqo„ va 
rasmlariga ko„ra ham o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lgan. O„rta Osiyo 
madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. 
Mozaika hozirgi kunda monumental sa‟natga aylangan. Mozaika bilan 
binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa‟nati asarlari bezatiladi. 
Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko„zgu 
parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga 
qo„shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog„oz, oyna, sapo, gul 
tojibarglari, tuxum po„sti va shu kabilar) qo„yib chiqishdir. 
1. Tuxum po„stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum 
po„sti mo„yqalam yordamida akvarel bo„yoqlari bilan kerakli ranglarga bo„yaladi. 
2. Bo„yoq qurigandan keyin tuxum po„stini tanlangan rasmga ko„ra mayda 
va yirik bo„laklarga bo„linadi.
3. Tuxum po„stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki 
ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bo„grilari bo„lmasligi 
kerak. 


92 
4. Kontur qora qog„oz orqali o„tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po„sti 
terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po„st yaxshiroq yopishishi 
uchun ustidan sekin bosib qo„yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar 
ancha murakkablashadi.Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug„lari, 
danak, baliq tangalari, chig„anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini 
bajarish mumkin. 

Yüklə 438,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin