Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko„ra xilma-xil
bajarilishi texnikasining o„xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish
usullarini o„z ichiga oladi. Har bir material applikatsiyasi bajarilish texnikasiga
jiddiy ta‟sir ko„rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog„oz, limon, daraxlar
po„stlog„lari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bu
applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko„rgazmali qurollar, turli o„yin
uchun qo„llanmalar, o„yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar, shu kabilarni
yaratishdan keng qo„llash imkonini beradi.
Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida
tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg„unligini aks
ettiruvchi syujetdan iborat bo„lishi mumkin.
Applikatsiya tasvirlash texnikasini turli formalarini qirqish va ularning fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko„chmanchi xalqlar orasida paydo
bo„lgan. Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turar joylarini bezatishda ishlatganlar.
Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan,
yoqutlar applikatsiya ishida po„stlog„dan foydalanishgan, bo„yalgan po„stlog„dan
qilingan applikatsiyalar bilan ular o„tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va
93
boshqa shimoliy xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo„yna ishlatishgan. Komi,
qozoq, kalmik, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-
ro„zg„or predmetlarini bezashda foydalanishgan.
Applikatsiya ishida asosiy material qog„ozdir, dazmollangan yoki
kraxmallangan bo„lakchalardan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan
bir qatorda somon, quritilgan o„simliklar, urug„-danaklar, barglar va shu
kabilardan ham foydalansa bo„ladi.
Qog„ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, kumush va
bronza, rasm solish va chizmachilik qog„ozi navlari applikatsiya uchun
yaroqlidir.
Applikatsiya bilan shug„ullanish o„quvchilarni garmonik rivojlanishida katta
ahamiyatga
ega.
Applikatsiya
ijodni
rivojlantirishga
yordam
beradi,
kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo„l
mehnati, tasvirni his qilish, chamalash va rangni sezishni o„stiradi. Rangli kog„oz
yoki boshqa materialdan tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy qoida sifatida
bajarilishi lozim bo„lgan izchillikda ado etiladi. Istalgan applikatsiya syujetni
tanlashdan boshlanib, undan keyin applikatsiya eskizi, qog„oz tanlash, kerakli
detallarni qirqish, ularni fonga kuyish, yelimlash va nihoyat kuritish jarayonlari
keladi. Oddiy applikatsiyalar eskizsiz bajariladi.
Applikatsiya ishlarini bajarishda asosiy e‟tibor uning umumiy
kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi uylangan kompozitsiya, ya‟ni
tasvirlash lozim bo„lgan narsalarni joylashtirish-applikatsiya muvaffaqiyatining
garovidir.
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan ornamental
applikatsiyalardir.
Avval ornament eskizi tuziladi, so„ngra kerakli detallar o„lchami va mikdori
hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma‟lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni
qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi.
94
Applikatsiyada avval eskizi tuziladi, so„ngra kerakli detallar o„lchami va
miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma‟lum tartibda joylashtiriladi va
yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. So„ngra tayyorlangan
materiallar bir-biriga yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |