Stansiya strukturasi haqida ma`lumot.
Yangi-Zarafshon stansiyasi kichik stansiya bo`lsada ish qizg`in davom etadi.Stansiyada g`azna g`azna bo`limi,vagonlarni hisobga olish bo`limi (operator),yuk qabul qilish bo`limi,vagonlarni nazorat qilish mavjud.Ishchilar smena almashinib ishlashadi.Ishchilar soni 15 kishini tashkil qiladi.Ishchilar ishga kelishi va ketishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.Ishchilar 1-hafta 1ta smena ishlab 1hafta dam oladilar.Uzoqdan kelib ishlaydigan ishchilar uchun alohida yotoqxona majvud.Yotoqxonada hamma shart-sharoitlar mavjud.
Men 1-yarim oy davomida g`azna bo`limida amaliyot o`tadim. G`aznachilik bo`limi umumiy qoidalari:
1.Ushbu lavozim Yo`riqnomasi yuk kassirning majburiyatlarini,ish yuritish tartibini:
1. Ushbu Lavozim Yo'riqnomasi yuk kassirining majburiyatlarini,ish yuritish tartibini, boʻysunishini belgilaydi va yuk kassiri ishlarida zarur boʻlgan asosiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Ushbu Lavozim Yo'riqnomasi asosida mahalliy sharoitdan kelibchiqqan holda, joylarda oʻrnatilgan tartibda yuk kassirining lavozim yo'riqnoma Kartasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
2. Yuk kassiri tashish jarayonining dastlabki va yakuniy bosqichlarida yuk va tijoriy operatsiyalarini bajarilishida yuk jo'natuvchilar va yuknioluvchilar bilan bevosita ishtirok etadi.
3. Poyezdlar harakati xavfsizligini, vagonlar parki va tashilayotgan yuklar butligini ta'minlash va ko'rsatiladigan temir yo'l xizmatlariboʻyicha to'lovlar va jarimalarni to'liq hisoblash yuk kassiri vazifasini to'g'ri va aniq bajarilishiga bog'liq.
4. Ushbu Lavozim Yo'riqnomada quyidagi tushunchalar va qisqartirishlar qo'llaniladi: temir yo'l stansiyasi - stansiya; temir yo'l Nizomi - Nizom; Nizom temir yo'l xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik, jismoniy shaxslar va temir yo'lning huquq, majburiyat va javobgarliklarini belgilaydigan me'yoriy hujjat; yuklarni tashish Qoidalari - Qoidalar; Qoidalar temir yo'l, yuk jo'natuvchilar, yukni oluvchilar, temir yo'l shoxobchalari egalariga majburiy boʻlgan harakat xavfsizligini, yuklar va harakatdagi temir yo'l tarkibining butligini, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashish shartlarini oʻzida mujassam etgan me'yoriy hujjat; "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, temir yo'l ma'muriyatlari, temir yo'llar - temir yo'l; "Mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK – MTU;
"O'ztemiryo'lhisob" Markazining tashish hujjatlarini qayta ishlash texnologik markazlari - THQITM (TexPD);
temir yo'l orqali xalqaro qatnovlarda yuk tashish to'g'risidagi
Kelishuv - XQYUTK (SMGS);
XQYUTKga (SMGSga) xizmat Yo'riqnomasi
XY (SI K SMGS);
xavfli yuklarni tashish Qoidalari - XYUTQ (PPOG);
XQYUTK ga suyuq yuklarni vagon-sisternalarda va neft-bitum tashish uchun moʻljallangan bunker turidagi vagonlarda quyilgan holda tashish Qoidalari - suyuq yuklarni tashish Qoidalari;
qulflash-plombalash moslamasi (QPM (ZPU), qo'ʻrgʻoshinli
plombalari - plombalar;
mahalliy texnik shartlari - MTSH;
manziliga kelgan yuklarni rasmiylashtirish (raskreditovka) -
temir yo'l tomonidan yukni oluvchiga tashish hujjatlari bo'yicha yuklarni
yo'l qaydnomasi yoki yukxatining nusxasida imzolash asosida topshirilishi,
yukxatlarini rasmiylashtirish;
MDH, Gruziya, Boltiqbo'yi davlatlarining temir
yoʻl ma'muriyatlari o'rtasidagi XQYUTKning (SMGSning) ayrim
talablari oʻziga xos qoʻllanilishi to'g'risidagi Kelishuv - XQYUTK
O'XQ (OP SMGS);
temir yo'ldan texnikaviy foydalanish Qoidalari - TFQ (PTE);
yuklarni joylashtirish va mahkamlash Texnik shartlari - TSH;
temir yo'l shoxobcha yoʻli - shoxobcha yo'li;
stansiyaning texnikaviy boshqaruv dalolatnomasi - TBD (TRA);
temir yo'l yukxati - yukxati;
umumiy foydalanishdagi joylar temir yo'lga tegishli boʻlgan omborlar, shuningdek, yuklarni ortish, tushirish, saralash va saqlash operatsiyalarini bajarish uchun stansiyada ajratilgan hududlar; umumiy foydalanishda boʻlmagan joylar - yuk jo'natuvchilar, yukni oluvchilarga yuklarni ortish, tushirish, saqlash operatsiyalarini bajarish uchun temir yo'l tomonidan stansiya hududida vaqtincha foydalanishga topshirilgan omborlar, maydonchalar va inshootlar; stansiya hududi tashqarisida joylashgan, temir yo'lga qarashli boʻlmagan yuklarni ortish, tushirish, saqlash operatsiyalarini bajarish uchun obyektlar; temir yo'lga qarashli bo'lmagan shoxobcha yo'llari;
MDH davlatlarining temir yo'l ma'muriyatlari o'rtasidagi tariff xalqaro qatnovlarda yuklarni tashishda quyidagilarni
Kelishuvi belgilaydi:
- yagona tamoyillar asosida erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada
ishlab chiqiladigan Tarif siyosatini, Tarif konferensiyasi tomonidan
har yili qabul qilinadigan har bir temir yoʻl maʼmuriyati uchun tariflarning
maksimal darajasini;
- yagona tartib orqali kelishilgan tarif stavkalarini;
- temir yo'l ma'muriyatlari bilan hisob-kitoblarning yagona tartibini;
O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarining xalqaro qatnovlarda
yuklarni tashishda Tarif siyosati (UTI TS (TP UTI) - MDH davlatlari
o'rtasida yuklarni temir yo'l transporti orqali tashishda kelishilgan tarif
siyosatini asosiy tamoyillarga muvofiq shakllantirilib qoʻllaniladigan
hamda MDH davlatlarining temir yo'l ma'muriyatlari o'rtasidagi tarif
Kelishuvi doirasida ishlaydigan idoralararo maqomiga ega qabul
qilinadigan xalqaro kelishuvi;
4-sonli Tarif qo'llanmasi temir yo'l transportida yuklarni tashish
uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan tariflar, stavkalar, hamda
qo'shimcha ish va xizmatlar uchun majburiy to'lovlar, ularni hisoblash
va qo'llash tartibi, shuningdek, stansiyalari ro'yxati va ularda bajariladigan yuk operatsiyalari e'lon qilinadigan tizimlashtirilgan nashr;
-
10-01-sonli Preyskurant - temir yoʻlda yuk tashish tariflari, doimiy
ekspluatatsiyaga kiritilgan temir yo'l liniyalarida, barcha yuk jo'natuvchilar va yukni oluvchilar uchun qo'llaniladigan, O'zbekiston Respublikasi
moliya vazirligi bilan kelishilgan holda temir yo'l rahbari tomonidan
tasdiqlanadigan;
tarif - tashish to'lovlari miqdorini belgilovchi narx stavkalari tizimi
va yo'l haqini hisoblash qoidalari;
tashish to'lovlari - tashish shartnomasi tuzilishidan boshlab, yukning
yukni oluvchiga yetkazib berilgunga qadar boʻlgan davrda tashish
va yuk kuzatuvchisining haqi, shuningdek, tashish jarayonida vujudga
keladigan qo'shimcha to'lovlar va xarajatlardan, shu jumladan, yukni qayta
ortish yoki telejkalarini boshqa kenglikdagi temir yo'llardagi telejkalarga
o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan to'lovlar;
tashish hujjatlari yuklar va harakatdagi tarkibni tashishda
rasmiylashtiriladigan hujjatlar (yukxati, yo'l qaydnomasi, jo'natish yukxati,
jo'natish qaydnomasi);
o'z xususiyatlariga ko'ra portlash, yong'in chiqishiga yoki tashilayotgan
va inshootlarning yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, binolar
shikastlanishiga, shuningdek, odamlar, hayvonlar, atrof muhitga ziyon
yetishiga sabab boʻlishi ehtimoli bor yuklar.
5. Yuk kassirining asosiy vazifalari:
yuklarni ortish, tushirish, yuk operatsiyalarni bajarish me'yorlarini
ta'minlash, vagon sig'imini va yuk koʻtarish qobiliyatini toʻla bajarilishi
boʻyicha choralarni ko'rish;
aniq va o'z vaqtida tezkor hisobotlarni tuzish: tashish uchun qabul
qilingan va vagonlarga yuklangan yuklar to'g'risidagi hisobot
(FO-4 shakli), topshirilgan yuklar to'g'risidagi hisobot (FO-5 shakli),
yuklash va tushirish to'g'risidagi hisobot (GO-1 shakli), yuk turlari
to'g'risida yuklash hisobotini ishlab chiqarish-varaqasi (GO-2 shakli),
temir yo'llar manzili boʻyicha yuklash hisobotini ishlab chiqish varaqasi
(GO-3 shakli), temir yo'l shoxobcha yo'llarida vagonlarni turib qolganligi
to'g'risida hisobot (KOO-4 shakli), nazorat tartibda tarozda oʻlchash
va yuklarni tekshirish bo'yicha hisobot (KOO-1 shakli), mayda jo'natmalar
bilan ishlash bo'yicha hisobot (KOO-3 shakli), turli yig'imlar olinganligi
to'g'risida hisobot (FO-7 shakli), topshirilgan yuklar uchun tashish
hujjatlari kuzatuv varaqasi (FDU-91 shakli), kassa hisoboti (FO-8 shakli),
qat'iy hisobga olinadigan blankalar mavjudligi to'g'risida qaydnoma
(FDU-33 shakli), yo'l qaydnomalari koreshoglari kuzatuv varaqasi
(GU-4 shakli) va ularni MTU, THQITM (TexPD), "O'ztemiryo'lhisob"
Markaziga taqdim etish;
xizmat majburiyatida belgilangan hisobot kitoblarni va hujjatlarni
to'g'ri va aniq to'ldirish: kelgan yuklarni qayd qilish kitobi (GU-42 shakli),
yuk hujjatlarini topshirish kitobi (GU-48 shakli), kassa kitobi
(GU-58a shakli), yuklarni manzilini o'zgartirish to'g'risidagi buyruqlarni
ro'yxatga olish kitobi, kam olingan to'lovlarni nomutanosibligini undirish
boʻyicha talabnomalarni ro'yxatga olish kitobi (GU-59 shakli), turli
xil yigʻimlar kvitansiyasi (GU-57 shakli), tashish rejasi bajarilishini
hisobga olish varaqasi (GU-1 shakli), tashish rejasi bajarilishini hisobga
olish varaqasi (GU-In shakli), qo'shimcha yigʻimlar uchun yig'uv varaqasi
(FDU-92 shakli), hujjatlar kuzatuv ro'yxati (FDU-93 shakli), vagonlarni
berish va olib chiqish varaqasi (GU-46 shakli), umumiy shakldagi
dalolatnoma (GU-23 shakli) va boshqalar;
qat'iy hisobga olinadigan blankalarni butligini saqlash, shu jumladan,
to'ldirilgan blankalarni;
Xulosa
Men 2-kurs yozgi amaliyotni Navoiy viloyati zarafshon shahridagi Yangi-Zarafshon stansiyada o'tqazganimdan juda xursandman..Amaliyot juda ham qiziq boldi va men keyinchalik shu yerda ishlashni niyat qildim.Men Yangi-Zarafshon stansiyasining g'azna bo'limida amaliyot o'tadim.Amaliuot davomida poyezd hujjatlarini to'ldirishni,vagonlar haqida ma'lumotlar,shtraflar haqida batafsil ma'lumotga ega boldim.Menga Sadakbaeva Elmira opa,Mahmudov Laziz akalar ish o'rgatdilar.
Dostları ilə paylaş: |