Bajardi:Ruptullayev S Tekshirdi:Qoryog’diyev A Fan:Bugalteriya va Audit Mavzu:Bugalteriya hisobini normativ huquqiy tartibga solish tizimi.
REJA: 1.O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar. 2. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish. 3. Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.
“Buxgalteriya hisobi barcha fan va san’atlardan yuqori turadi, chunki hamma unga extiyoj sezadi, u esa hech kimga nisbatan extiyoj sezmaydi. Buxgalteriya hisobisiz dunyo boshqaruvisiz qolgan, odamlar esa bir-birlarini tushuna olmagan bo’lar edilar”
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”1
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
__________________
uxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni
buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari).
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda.
birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi Nizomni ishlab chiqilishi;
ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi;
uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni yaratilishi;
to’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi;
beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistic, soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga to’la o’tkazilishi. Shuningdek, Respublikamizda buxgalteriya hisobi sohasida o’tkazilgan islohotlarga qaramay, buxgalteriya hisobiga kontinental model bo’yicha yondashish, yuqorida ta’kidlanganidek, qat’iy qonunchilikka asoslangan hisob yuritish qoidalari hamon saqlanib turibdi. Vaholanki, MHXS talablari kontinental modeldan deyarli farq qiladi:
Ko’rsatkichlar
Tartibga soluvchi organlar
Moliyaviy hisobotni tuzish
Hisobvaraqlar rejasi
MHXS bo’yicha
Mustaqil buxgalterlar va auditorlar uyushmalari
Mustaqil buxgalterlar va auditorlarning malakaviy darajasida muhokama qilinadi
O’zbekistonda
Davlat organlari tomonidan tartibga solinadi
Davlat tomonidan nazorat qilinadi
Yagona hisobvaraqlar rejasi amal qiladi
Buxgalteriy hisobini tashkil etish oldiga qo’yiladigan asosiy talablarFermer xo’jaliklari amaliyotida daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga to’g’ri olib borishda ayrim muommolarning mavjudligi, yakunda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobidagi analitik va sintetik hisob ma’lumotlari o’rtasida farqlar vujudga kelishi kuzatilmoqda. Bunday holat moliyaviy hisobotning ishonchligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Fermer xo’jaliklari odatda ko’p yillik daraxtzorlar va asosiy podani shakllantirish kabi ko’p muddat talab qiladigan xarajatlarni amalga oshiradilar. Ushbu tarmoqqa qilingan xarajatlar aksariyat fermer xo’jaliklarida joriy ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Ushbu xarajatlarni fermer xo’jaliklari kapital qo’yilma sifatida hisobda va moliyaviy hisobotda aks ettirishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Tanlangan hisob shakliga ko’ra qo’llanadigan analitik hisob registridagi ma’lumotlar, sintetik hisob regstri ( odatda “Bosh kitob”) ma’lumotlari bilan o’zaro mosligini ta’minlashlari hisobning ishonchliligi va to’liqligini ta’minlaydi.
Yuqoridagi keltirilgan fikrlar hisob siyosatining tashkiliy jihatlarini takomillashtirish va fermer xo’jaliklarida hisob va hisobot tizimini yaxshilish imkonini beradi deb hisoblanadi.
MHXS (Jamoat sektori uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) asosida jamoat sektori uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish O‘zbekiston byudjet tizimini isloh qilish yo‘nalishlaridan biridir.Ushbu islohotning zarurligi, eng avvalo, aynan buxgalteriya hisobi tizimlari sifatli va zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni aks ettiradi. Buxgalteriya hisoboti standartlarini bir xillashtirishning xolisona jarayoni IFRS (International Financial Reporting Standards)ga asoslangan JS MHXSni jamoat sektorining taqqoslab bo‘ladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qIqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangiismi hisoblangan ishonchli va mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar bilan ta’minlashning huquqiy asosiga aylandi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi.
1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni o‘z navbatida buxgalteriya hisobini sifatli va ishonchli tashkil etish bo‘yicha xalqaro talablarga javob berishi bilan bir qatorda, korxonalarning moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchning ortishiga, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha sohalar singari hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan bog‘liq qator yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Bu «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunni bugungi kun talablariga moslashtirishni taqozo etdi.
Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni yanada mukammallashtirishni ilgari surdi. Shulardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqilib, qabul qilindi va Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.
32 moddadan iborat qonunda buxgalteriya hisobining mazmuni, asosiy maqsadi va vazifalari iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga qo‘yilayotgan yangi talablardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot tuzishning xalqaro standartlariga muvofiq belgilandi.