Amaliy mashg’ulot Mavzu: Televezorlar elektron magazini loyihasini va sahifalarini tayyorlash. Loyihani dasturiy jihatdan shakllantirish va takomillashtirish jarayonlaridan avval bajarilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlardan biri bu- sayt ifoda etuvchi ma’lumotlarni to‘g‘ri, aniq va qiziqarli tarzda tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mening loyiham asosan web dasturlashning backend qismida tayyorlangan bo‘lib Python dasturlash tilining Django freymworki yordamida yaratilgan. Loyiha kodlarini tavsiflashda VS Code dasturidan foydalandim.Papkalar quyidagi tartibda joylashganligini ko‘rish mumkin:
Bundan ko‘rish mumkinki, Pythonning asosiy kerakli fayllari va kutubxonalari hamda baza bilan ishlovchi plaginlari ulangan. Asosiy ish Admin panelida olib boriladi. Ya’ni tahrirlash huquqiga ega foydalanuvchi Admin sifatida o‘zgartirish jarayonlari olib boriladi.
Loyiha fayli terminalida quyidagi kodlarni yozganimizda ajratilgan linkni ko‘rsatadi:
Pythonning serveridan loyiham uchun ip manzil berilgan bo‘lib, unda menga berilgan login va parol mavjud. Tizimga o‘sha login bilan kirish mumkin.
A ll category bo‘limida saytda sotuvda mavjud mahsulotlarning turi bo‘yicha klassifikatsiyasi ro‘yxati berilgan:
Mahsulotlar hajmini kengaytirish va ularning bo‘limlarini belgilash uchun brauzerda berilgan link dan keyin /admin so‘zini qo‘shib Administratsiya bo‘limiga o‘tamiz va kerakli o‘zgartirishlarni kiritamiz:
Men asosan kartlar sonini ko‘paytirish uchun Cart items bo‘limiga kirdim va so‘ralgan maydonlar uchun ma’lumotlarni kiritib mahsulotlar safini kengatirdim. Ushbu loyihani yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun jarayon davom etmoqda. Kelajakda barcha komponentlari talab darajasidagi resurs holatigacha yetkazish ustida ishlar olib borilmoqda.
Ushbu saytni yanada bazasini takomillashtirishimiz mumkin. Mening saytim xar xil mahsulotlarni oldi-sottisi bilan shug’ullanadi.